Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 18.09.2019, 10:43


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

15:09

Amerikacha ajoyib salat tayyorlash (Pazandalik sirlari)


Joylandi: 03.09.2019 | 15:09

“Koul Slou” bu karamdan tayyorlaniladigan amerikancha salat bo’lib, uni asosan burgerlar va grillda pishirilgan go’sht bilan tanovvul qilishadi.

Bu salat boshqalaridan o’zining ajoyib qaylaga qorilishi bilan farq qiladi. Bu salatni ozishni xohlovchilar ham bemalol iste’mol qilishlari mumkin.

Salatning 100 grammi 152 kKal ni tashkil qiladi.

Tayyorlaniladigan salatga 4 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.



Masalliqlar:

400 gramm karam

150 gramm qizil sabzi

1 bosh qizil piyoz

QAYLASIGA:

3 osh qoshiq smetana

3 osh qoshiq mayonez

1 osh qoshiq shakarsiz yogurt

1 osh qoshiq olma sirkasi

1 choy qoshiq xantal donachalari

1 osh qoshiq shakar

ta'bga qarab tuz va murch



1-Qadam

Karamni yupqa, sabzini po'stidan archib somoncha to'g'rab oling.



2-Qadam

Piyozni yupqa yarim halqa qilib to'g'rab oling.



3-Qadam

Barcha sabzavotlarni bitta idishga solib, qo'lda yaxshilab mijiqlab olamiz.



4-Qadam

Alohida idishga smetana, mayonez, ogurt, olma sirkasi, shakar, tuz, murch va xantal donachalarini solib, qaylani tayyorlab olamiz.



5-Qadam

Qaylani karamli aralashma ustidan solib, yaxshilab aralashtirib olamiz va 5-10 daqiqaga tindirib qo'yamiz. So'ng likopchalarga solib, ishtaha bilan iste'mol qilamiz. 



Yoqimli ishtaha!



 

Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 29 | Добавил: Malika | Теги: kelinlar uchun, (Pazandalik sirlari), mazali taomlar, ajoyib salat tayyorlash, salat qilish, 2019 salatlar, yangicha salatlar, ayollar oshxonasi, Amerikacha | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт