Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 23.09.2020, 19:02


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

18:18

Bir chimdim kulgu loyihasi 1-son (Ajoyib latifalar)


Joylandi: 30.08.2019 | 18:18

Uchta g‘irt mast bir taksini to‘xtatib chiqishibdi. Taksichi hazillashib mashinani o‘t oldirib joyidan jildirmay besh daqiqacha turib, keyin mashinani o'chirib: 
— "Yetib keldik tushinglar" — desa. Birinchi mast rahmat aytib tushib ketibdi. Ikkinchi mast yo‘lkirani to‘lab tushibdi. Uchinchisi taksichini boshiga bir uribdi. shunda Taksichi ichida obbooo bunisi sezib qoldiyu deb o‘ylab tursa...
Uchinchi mast: 
— "Sen odamlarning hayotiga javobgarsan! Ikkinchi bunaqa tez haydamagin" — dermish.


Bir otaxon avtobusda bitta negrni ko‘rib qolibdi va so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?
— Yo‘q otaxon, men negrman, Afrikadanman. 
Sal o‘tib chol yana so‘rabdi: 
— Bolam Mirzacho‘ldanmasmisan?
— Negrman dedim-ku ota Afrikalikman. 
— Haaa, endi bolam gap yo‘g‘ida gapda...
15 minutlar yurgandan keyin, chol yana so‘rabdi: 
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?, - desa negrni jahli chiqib: 
— Ha Mirzacho‘ldanman nima edi?, - desa
Haligi otaxon: 
— Unda nega negrlarga o‘xshaysan?, - dermish.


Erkaboy mini marketda savdo qilib o‘tirsa, Ziyo yugurib kelib:
— Novot bormi? - deb so‘rabdi.
Erkaboy: 
— Ha, bor - desa, boyagi odam:
— Shirinmi? - dermush.


Itingizga qarasangiz bo‘lmaydimi, qo‘shni? Kecha shunaqangi vovulladiki, qizim qo‘shiq aytish mashqini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
desa qo'snisi: — Kechirasiz-u, lekin qizingiz birinchi bo‘lib boshladi.


Judayam ziqna boy bo‘lgan ekan. Bir kuni qo‘shni qishloqqa oshnasinikiga mehmonga boribdi. Endi o‘tirgan ekan, uydagi shamni o‘chirib keldimmi yo‘qmi, degan savol qiynay boshlabdi. Borib kelay desa yo‘l uzoq, bormay desa shamni erib qolishini o‘ylab yuragi uvishib ketibdi. Oxiri chidolmay yo‘lga tushibdi. Xalloslab uyiga kelib, eshikni taqillatibdi. Xotini chiqib, eshikni ochmoqchi bo‘lgan ekan...
Boy: 
— Eshikni ochma, hadyeb ochib yopilaversa eshik yemirilib ketadi. Uydagi shamni o'chirib qo‘y, shuni aytishga kelgan edim. Men shundoq izimga qaytib ketaman. Tayyor oshdan qolmay.
Xotini:
— Voy dadajonisi-yey, menku shamni allaqachon o‘chirib qo‘yganman, siz shu gapni aytish uchun shuncha yo‘l bosib keldizmi, kovushingizni tagini yemirib?
Boy: 
— Xavotir olma xotin, kovushim qo‘ltig‘imda!


Bir kishi, boshqa shahardagi oshnasinikiga 2-3 kunga mehmonga kelibdi. Oshni yeb bo‘lishgach, xaligi mehmonni juda qovun yegisi kelibdi. Mezbon ham negadir qovun olib chiqmabdi. Toqati toq bo‘lgan mehmon uy egasiga debdi:
— Oshna, qovun yegandan keyin qayerda yotaman?

Категория: Eng yangi super latifalar / Латифалар олами | Просмотров: 566 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: hangomalar, Bir chimdim, prikollar, antiqa latifa, hazillar, (Ajoyib latifalar), qiziqarli latifalar, 1-son, kulguli latifalar, ichak uzdi latifalar, afandi hazillari, kulgu loyihasi | Рейтинг: 5.0/3

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт