Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 18.09.2019, 10:08


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

20:20

Bir chimdim kulgu loyihasi 2-son (Ajoyib latifalar)


Joylandi: 31.08.2019 | 20:20

Poyezd. Kupeda go‘zal qiz va bir yigit o‘tiribdi. Yigit qizga judayam gapirgisi kelibdi va:
— Kechirasiz siz ham shu poyezdda ketyapsizmi, dermish.


Bir ayol dugonalari bilan yangi yilni bayram qilibdi va rosa shampanskiy ichib, uyiga mast holatda kech qaytibdi. Qarasa eri uxlayapti. U xotinini kech kelganini bilmabdi ham.
Xotin darhol noutbukini ochib o‘zini ishlatayotganga solibdi.
Eri shovqinda uyg‘onib xotinga:
— Nima bayramda ichib oldingmi? 
Xotin: 
— Yo‘q, dadasi ertaga juda muhim ishim bor shuni yozayapman!
Eri:
— Yolg‘on gapirma, alkash chemodonni yopib tezda uxla.


Qabristondan qaytayotgan ikki kampir suhbatlashyapti: 
— Yoshingiz nechada? 
— Sakson yettida. 
— Shu yoshingizda pardoz qilib yurganingizga o‘laymi?! 
— Ha, endi... O‘zingiz necha yoshdasiz? 
— To‘qson uchda, aylanay. 
— Uyga qaytib ovora bo‘lib yurganingizga o‘laymi? dermish.


Bir odam do‘kondan baliq sotib olgani borgandi, baliqlarning ichida bir qiyshiq baliq turganmish. Shunda haridor sotuvchiga qarab:
— Aka, nega bu balig‘ingiz qiyshiq desa. 
— Ha, bu baliqni burilishda ushlaganmiz dermish.


35 yoshga kirgan bo‘ydoq yigitdan so‘rashibdi:  
— Nega uylanmagansiz?  
— O‘zimga mos ideal qiz izlab yurgandim, nihoyat topdim!
— Endi uylanasizmi?
— Yo‘q
— Nega?  
— U ham ideal yigitni izlayotgan ekan


Podsho qalandar libosida yo‘lda ketayotgan edi. Afandi bir daraxtning soyasida uxlab yotgan ekan. Podsho uni uyg‘otdi.
— Ha,  nima  deysan?! Nega mening uyqumni buzding deb do‘q qila boshladi Afandi.
— Birodar, sen yaxshi kishiga o‘xshaysan, bir narsa so‘ramoqchi edim, shuni aytib bergin.
— Xushomaddan Afandi erib ketib, hovridan tushdi: 
— Qani, so‘ra-chi, nima demoqchisan?
— Bu mamlakatning podshosi zolimmi, odilmi? Rostini ayt.
— E birodar, nimasini aytasan, u shunday qonxo‘r, zolimki...— deb yomonlab ketuvdi, «qalandar» gapini bo‘ldi:
— Meni taniysanmi?
— Yo‘q.
— Men Podsho bo‘laman.
Afandining badaniga titroq turdi, lekin sir boy bermadi:
—    Meni taniysanmi?
—    Yo‘q.
—    Men shu shaharning jinnilaridan bo‘laman. Har oyda uch kun jinni bo‘laman. Mana bugun jinniligim boshlangan kun.


Yarim kechada uchta mast kishi temir yo‘ldan ketisharkan, biri dedi: 
— Bu zinapoya juda baland ekanmi-a? 
— Ushlab chiqishga tutqichlari ham past ekan, dedi ikkinchisi. 
Uchinchisi yengil tin olib:
— Hechqisi yo‘q, ana lift kelyapti, - dermish.

Категория: Eng yangi super latifalar / Латифалар олами | Просмотров: 44 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: qiziqarli latifalar, kulguli latifalar, 2-son, prikollar, ichak uzdi latifalar, kulgu loyihasi, afandi hazillari, hazillar, antiqa latifa, (Ajoyib latifalar), Bir chimdim, hangomalar | Рейтинг: 5.0/3

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт