Alisa mo'jizalar mamlakatida (ertak). Lyuis Kerroll
Yoz kunlarining birida Alisa quyuq soyali daraxtning katta
shoxida о’tirar, opasi esa daraxt tagidagi maysada unga tarix
kitobini о’qib berardi. Alisaning qulog’iga gap kirmaydi, chunki
u suratsiz kitoblarni yaxshi ko’rmaydi-da.
– Alisa, diqqat bilan eshit. Dunoda suratsiz bo’lsa ham juda
qiziq kitoblar ko’p, – dedi opasi.
– Bu olamda balki shundaydir, – hayolga berilgancha javob
berdi Alisa. – Lekin mening olamimda, agar u mavjud bo’lsa,
hamma kitoblar faqat suratli bo’ladi.
Alisa o’zining Dina laqabli kichkina mushukchasini ushlab oldi-
da, daraxtdan tushdi:
– Mening olamimda sen Miyov emas, balki Rahmat, Alisa
xonim degan bolarding. Mening olamim – Mojizalar Mamlakati
deb atalgan bo’lar edi.
Birdan u shu atrofdan yugurib o’tib ketayotgan Oq Quyonni
ko’rib qoldi. Quyon kostyum kiyib olgan, qo’lida kattakon
soat. U soatga qarab, vaqtni bilish uchun to’xtadi. davomi...
|