[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Qiziqarli chat, Suxbatxona, mexmonxona Ziyo-Music.Com » Jamiyat va Inson » PAZANDALIK SIRLARI / AYOLLAR OSHXONASI » «Baunti» shokoladini tayyorlashni o'rganamiz (Retseptlar)
«Baunti» shokoladini tayyorlashni o'rganamiz (Retseptlar)
ZIYO_MUSICДата: Yakshanba, 21.08.2016, 14:06 | Сообщение # 1
Генерал-майор
Группа: SUPER ADMIN
Сообщений: 39
Репутация: 200
Статус:
«Baunti» shaklidagi shirinlikni oson tayyorlash reseptlari Internetda ko‘plab topiladi. Ular asosan sariyog‘da tayyorlanadi. Dastlab eritiladi, keyin sovutiladi, bularning barchasiga 20 daqiqa ketadi, hech qanday qiyin joyi yo‘q. 3 ta masalliq kerak bo‘ladi. Qarabsizki, stolingizda mazali kokosli shirinlik tayyor!

Kerakli mahsulotlar:
●2 ta plitka sutli shokolad.
●3 stakan kokos qirindisi (shirin bo‘lmagani ma’qul)
●1 stakan quyultirilgan sut.

Tayyorlanishi:
Quyultirilgan sut bilan kokos qirindisi yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra yuza qismi tayyorlab olinadi, uni pergament qog‘oziga yoki oziq-ovqat plyonkasi bilan muzxonaga joylaymiz. Qo‘l kafti yordamida to‘g‘riburchak shakllari hosil qilinadi va oldindan tayyorlab olingan shirinlikning yuza qismiga terib chiqiladi.

So‘ngra shirinlikning barini muzxonaga 20 daqiqaga qo‘yiladi, shunday tarzda shokoladga botirish qulay bo‘ladi.

Muzxonada nachinka qotguncha mikroto‘lqinli pechda yoki suv bug‘ida shokoladni eritib olamiz. Qoshiq yoki sanchqi yordamida nachinkani botirib olamiz va shokolad sovushi uchun tovaga qaytarib solamiz.







 
Qiziqarli chat, Suxbatxona, mexmonxona Ziyo-Music.Com » Jamiyat va Inson » PAZANDALIK SIRLARI / AYOLLAR OSHXONASI » «Baunti» shokoladini tayyorlashni o'rganamiz (Retseptlar)
Страница 1 из 11
Поиск: