[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Qiziqarli chat, Suxbatxona, mexmonxona Ziyo-Music.Com » ERKIN MAVZULAR VA FIKRLAR » Psixologik testlar olami / Qiziqarli Sevgi Xarakter Baxt testlari » Siz odamlarga ishonasizmi? (Psixologik test)
Siz odamlarga ishonasizmi? (Psixologik test)
DimaДата: Dushanba, 22.08.2016, 17:13 | Сообщение # 1
General
Группа: SUPER ADMIN
Сообщений: 28
Репутация: 2
Статус:
Suhbatdoshga bo‘lgan ishonchsizlik odamning so‘zlaridan, ko‘z qarashlaridan sezilib turadi. Buni payqagan suhbatdosh ham darhol muomalani o‘zgartirishi mumkin. Xo‘sh, natija-chi? Oqibatda o‘rtadagi munosabatlarga putur yetadi. Keling, siz ham ushbu test yordamida boshqalarga nisbatan ishonchingiz qay darajada ekanini tekshirib ko‘ring.

1. Odamlar ko‘pincha boshqa narsani gapirishadi-yu, amalda boshqacha ish yuritishadi. Shu rostmi?
a) Ha, bu ajoyib! (2 ball)
b) Bo‘lib turadi (1 ball)
v) Bo‘lishi mumkin emas (0 ball)

2. Kunlarning birida yaqin do‘stingiz sizni aldayotganini payqasangiz:
a) Bilmaslikka olaman (0 ball)
b) Aldayotganini fosh etaman (1 ball)
v) Menga bu ishi yoqmasa-da, ortiq aldamasligini iltimos qilib o‘tirmayman (2 ball)

3. Ko‘pchilik garchi qiyin bo‘lsa-da, faqat haqiqatni gapirishni ma’qul ko‘rishadimi?
a) Yolg‘on gapdan nima foyda (0 ball)
b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
v) Haqiqat baribir hayotda kamroq bo‘lsa kerak (2 ball)

4. Har qanday sohada hamkorlikka shay odammisiz?
a) Ha, meni bu narsa ilhomlantiradi (0 ball)
b) Har doim ham emas (1 ball)
v) Yo‘q, menga hech kim xalal bermasa deyman (2 ball)

5. Siz boshqalarning og‘irini yengil qilishdan o‘zingizni tiyasizmi?
a) Buni faqat o‘zim bilaman (2 ball)
b) Gohida bo‘lib turadi (1 ball)
v) Har kimning hayotga o‘z qarashlari bor (0 ball)

6. Afsuski, tez-tez shunday voqealar bo‘ladiki, yaqin do‘stlaringiz tashqaridan turib sizni g‘iybat qilishadi.
a) Buni anchadan beri sezaman (2 ball)
b) Bo‘lishi mumkin (1 ball)
v) Yo‘q, men do‘stlarimga ishonaman (0 ball)

7. Qachondir yaqin do‘stingiz sizga buyruq bera boshlasa, qanday yo‘l tutasiz?
a) Atayin teskarisini qilaman (2 ball)
b) Turlicha yo‘llar tutaman (1 ball)
v) Bahslashib o‘tirmayman (0 ball)

8. Agar kimnidir tanqid qilsangiz-u, u to‘g‘ri yo‘lga tushib olsa va tanqidingiz javobsiz qolib ketsa:
a) Eslatib o‘tirmayman (0 ball)
b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
v) Yana takrorlab, eslatib ko‘raman (2 ball)

9. Odamlar gohida o‘zlarini juda g‘alati tutishadi va oqibatda xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Shunday bo‘lganda siz qanday yo‘l tutasiz?
a) Birovlarning xatolaridan xulosalar chiqaraman (0 ball)
b) Turlicha yo‘llarni qidiraman (1 ball)
v) Ularning ishlariga aralashmayman (2 ball)

10. Ko‘ngilsiz vaziyat yuzaga keldi-yu, kimdir sizga jahl qila boshlasa:
a) Uni tinchlantirishga urinaman (0 ball)
b) Nima qilishni bila olmagan bo‘lardim (1 ball)
v) Bu mening ham jahlimni chiqaradi (2 ball)

NATIJALAR0—6 ball. Siz ishonuvchan, ochiq va rashk nimaligini bilmaydigan odamsiz. Odamlar bilan tez til topishib keta bilasiz. Ko‘ngilsizliklarni, xafagarchiliklarni tez unutasiz.

7—14 ball. Har doim ham boshqalarga ishonib ketavermaysiz. Agar yolg‘onchiligini bilib qolsangiz, o‘sha odam bilan hamkorlik qilishdan darhol bosh tortasiz. Gohida uzoq vaqt kek saqlab yuradigan odatingiz ham yo‘q emas.

15—20 ball. Siz odam faqat o‘ziga ishonishi lozim deb hisoblaysiz. Faqat yolg‘iz ishlashni, dam olishni ma’qul ko‘rasiz. Kimdir sizga yoqmasa, beo‘xshov harakatlari bilan jahlingizni chiqarib qo‘ysa, uzoq vaqt ko‘z oldingizdan ketkaza olmay qiynalasiz. Sizni boshqalarning manfaatlari, qiziqishlari, orzu-umidlari va armonlari umuman qiziqtirmaydi. Faqat o‘zingiz haqingizda o‘ylaysiz, qayg‘urasiz va shu hayotni bir umrga o‘zingiz uchun shior qilib olgansiz.
 
Daler_HonzodaДата: Dushanba, 31.10.2016, 14:16 | Сообщение # 2
830
Группа: SUPER ADMIN
Сообщений: 755
Репутация: 60
Статус:
15 ball
 
GrovertymnДата: Seshanba, 01.11.2016, 05:49 | Сообщение # 3
Рядовой
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 1
Репутация: 0
Статус:
ООО РОССтехнология предлагает услуги по нанесению САП "БИУРС",протегол,РПУ-1001 и РПУ1021,скочкоут и др. полимеров и мастик методом безвоздушного напыления на фасонные изделия, запорную арматуру и трубы различного диаметра для КС (ДКС), НПС, переизоляция линейной части газонефтепроводов и др.

г.Екатеринбург, ул.Восточная, 10 Телефон:8(343)378-16-86. http://aksonural.ru/
Производит работы по устройству:
монолитной, надежной, долговечной и высокопрочной кровли,а также ремонт старого кровельного покрытия/методом спекания/;
антиобледенительной системы «крыша без сосулек», обогрев водостоков;
антикоррозионой обработке любых покрытий.
напыление
пенополиуретан,
полимочевина,
жидкая резина
 
magicДата: Shanba, 05.11.2016, 14:08 | Сообщение # 4
Рядовой
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 1
Репутация: 0
Статус:
9 ball
 
Daler_HonzodaДата: Shanba, 05.11.2016, 22:01 | Сообщение # 5
830
Группа: SUPER ADMIN
Сообщений: 755
Репутация: 60
Статус:
Grovertymn har narsani yozavermang.Yozsangiz uzbekchalab yozing
 
USMONCHIKKOДата: Juma, 18.11.2016, 23:01 | Сообщение # 6
Рядовой
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 45
Репутация: 0
Статус:
Bu joylaham wunaqami
 
Daler_HonzodaДата: Shanba, 19.11.2016, 13:14 | Сообщение # 7
830
Группа: SUPER ADMIN
Сообщений: 755
Репутация: 60
Статус:
Yo'q.
 
Qiziqarli chat, Suxbatxona, mexmonxona Ziyo-Music.Com » ERKIN MAVZULAR VA FIKRLAR » Psixologik testlar olami / Qiziqarli Sevgi Xarakter Baxt testlari » Siz odamlarga ishonasizmi? (Psixologik test)
Страница 1 из 11
Поиск: