[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Qiziqarli chat, Suxbatxona, mexmonxona Ziyo-Music.Com » ERKIN MAVZULAR VA FIKRLAR » Ekin mavzular va Fikrlar » Android tizimi haqida siz bilgan va bilmagan qiziq faktlar
Android tizimi haqida siz bilgan va bilmagan qiziq faktlar
ZIYO_MUSICДата: Yakshanba, 21.08.2016, 14:54 | Сообщение # 1
Генерал-майор
Группа: SUPER ADMIN
Сообщений: 39
Репутация: 200
Статус:
Android – shu yaqin yillarda IT sohasiga kirib kelgan va ko’p dasturchilarni,  shu operatsion tizim bilan pul topishga undagan “yashil o’zga sayyoralik” dir. Bu dastur juda ko’p smartphone larni boshqaruvchi operatsion tizim hisoblanadi. Mobil operatsion tizimlar(windows mobile, symbian) orasida eng mashhurrog’i va keng qo’llaniladigani ham shu tizimdir.

Keling shu operatsion tizimga oid qiziqarli faktlar bilan tanishib chiqamiz:
  • 2008 yilda Android operatsion tizimining kodlari ommaga taqdim etilgan va u 2.1GB hajmni egallagan.
  •  Dastlab Android operatsion tizimi Android Inc firmasi tomonidan yaratilgan. Bu firma AQSH ning KALIFORNIYA shtatida joylashgan bo’lib, 2003 yilda Andy Rubin, Chris White, Nick Sears va Rich Miner tomonidan tashkil etilgan. Android Incfirmasi o’z ish faoliyati davomida 2 ta “Обнавления”– 1.0 Astro va 1.1 Bender(mashhur robotlar nomi) chiqarishga muyassar bo’ladi.
  • 2005 yil, Google kompaniyasi Android Inc firmasini 130 mln. dollarga sotib oladi va o’zi bu operatsion tizimni chiqarishni davom ettiradi.
  • Bu mobil operatsion tizimi, Linux operatsion tizimi yadrosida yaratilgan bo’lib, bu tizim uchun ataylab Droid shrift o’ylab topilgan.
  • 2007 yil 5 noyabrda, Androidni ommaga tanishtirish marosimi bo’lib o’tgan, lekin dastlabki Android 1.0 versiyasi 2008 yil 23 sentyabrda foydalanuvchilarga taqdim etilgan.
  • Dastlabki Android operatsion tizimida ishlagan smartphone nomi HTC T-Mobile G1(HTC Dream) dir.
  • Sizga ma’lumki, ishlab chiqilgan barcha yangi dasturlar himoyasi, xakerlar tomonidan kim tez buzishga o’yinida qurbonlik vazifasini o’taydi. Android ham bu o’yindan chetda qolmadi. Bu tizimni buzish uchun 1 oydan kamroq vaqt talab etildi. Bu buzg’unchi inson ismi Justin Case bo’lib, u bitta patch orqali operatsion tizimdagi barcha dasturlarni tekin(free) ishlatishga muyassar bo’ldi
  • Statistika ma’lumotlarga qaraganda har 2 ta smartphone dan biri Android operatsion tizimida ishlar ekan.
  • Android foydalanuvchilari soni 250 milliondan oshganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo’lib, eng ko’p foydalanuvchilar AQSH va Rossiya davlatlariga to’g’ri kelar ekan.
  • Elektron magazin bo’lmish, Google Market da 500 mln dan ko’p android operatsion tizimi uchun “приложения” lar mavjud ekan. Bu degani har bir foydalanuvchi uchun(“уникальный” foydalanuvchi uchun, yuqori qismda yozilgan 250 mln dan ko’p deb) kamida 2 ta “приложения” to’g’ri kelar ekan.
  • Android operatsion tizimi ochiq kodli tizim hisoblanadi, agar aqlingiz yetsa taxminan 12 millionli kodlarni o’zingiz tahrirlashingiz mumkin bo’ladiJ.
  • Android dan ko’proq erkaklar foydalanishar ekan va bu ko’rsatkich 73% ni tashkil qilishini bilmas edim.
  • Statistikani davom ettiramiz: Android foydalanuvchilari o’z vaqtlarini(android ishlash vaqti) 34% electron pochta tekshirishga va 21% esa o’yin(asosan Angry Birds) o’ynashga sarflashar ekan.
  • Android ni iPhone OS dan avfzalligi shundaki, android da flash tehnologiya mavjud.
  • Avvallari Android faqat smartphone lar uchun edi, lekin hozir planshet lar, netbook lar va smartbook larning ham operatsion tizimi android ga aylanmoqda.
  • Operatsion tizim uchun alohida Android Market bozori ochilgan bo’lib, turli foydalanuvchilar, turli davlat fuqarolari uchun har hil imtiyozlar berilgan. Misol uchun kimlargadir tekin dasturlarni olishga ruhsat, kimlargadur faqat pullik dasturlarni olishga ruhsat(aqlli o’ylangan).
  • Endi eng qiziq ma’lumot. Har bir yangi android versiyasi, versiya nomeri bilan birga  ma’lum bir nom bilan chiqadi. Bu odat tusiga kirib qoldi. Bu nomlarning barchasi shirinliklar bilan bog’liqdir. Faqatgina dastlabki Android Inc firmasi tomonidan chiqarilgan 2 ta versiya robotlar nomiga qo’yilgan. Yana bir qiziq tomoni shundaki, bu shirinlik va robot nomlar nomlari ingliz tili alfabosi bo’yicha nomlangandur. Bu nomlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
    Astro, Bender, 1.5 Cupcake, 1.6 Donut, 2.0 Eclair, 2.2 Froyo, 2.3 Gingerbread, 3.0Honeycomb, 4.0 Ice Cream Sandwich, Jelly Bean, Key Lime Pie, Licorice, Molasses,Nougat(kursiv shaklida yozilganlar endi plandagilar). Agar ingliz alifbosi tugab qolsa, und anima bo’ladi????
    Mana ba’zi qiziqarli faktlar bilan ham tanishib chiqdik. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, bu operatsion tizim barchaga maqul bo’lgan va juda ko’p dasturchalariga, o’yinlariga ega bo’lgan super tizim hisoblanadi. Bu tizimning minus tomoni shundaki, bu tizim bilan ishlaydigan mobil qurilmalarning tok manbai(batareyasi) juda tez tugaydi va elektr rozetkasi qidirib yurishingizga to’g’ri keladi.
  •  
    BEST_ADMINДата: Yakshanba, 21.08.2016, 18:13 | Сообщение # 2
    100-ta narsa joylagani uchun
    Группа: SUPER ADMIN
    Сообщений: 145
    Репутация: 50
    Статус:
    Oka Bu anuvi yanglik qu
     
    BEST_ADMINДата: Dushanba, 22.08.2016, 18:01 | Сообщение # 3
    100-ta narsa joylagani uchun
    Группа: SUPER ADMIN
    Сообщений: 145
    Репутация: 50
    Статус:
    Ajoyib gap yo
     
    WillardNixДата: Payshanba, 17.11.2016, 01:39 | Сообщение # 4
    Рядовой
    Группа: Foydalanuvchi
    Сообщений: 13
    Репутация: 0
    Статус:
    Короче тут утилизация автомобилей
    http://vodi.su/pravila-utilizatsii-avtomobiley/

    utilizat.ru

    utilavto.com

    avto-flot.ru

    auto-wiki.ru
     
    Daler_HonzodaДата: Juma, 18.11.2016, 17:21 | Сообщение # 5
    830
    Группа: SUPER ADMIN
    Сообщений: 755
    Репутация: 60
    Статус:
    Reklama qilmang
     
    Qiziqarli chat, Suxbatxona, mexmonxona Ziyo-Music.Com » ERKIN MAVZULAR VA FIKRLAR » Ekin mavzular va Fikrlar » Android tizimi haqida siz bilgan va bilmagan qiziq faktlar
    Страница 1 из 11
    Поиск: