Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 12.12.2019, 08:54


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

12:40

Getji: Xabibga yengilmas degan nomni saqlab qolishiga imkon bermayman


Joylandi: 01.12.2019 | 12:40

UFCning yengil vazn toifasi a’zosi Jastin Getji UFCning amaldagi chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi jang olib borishdan umidi borligini aytib o‘tdi.

"Men Xabib bilan oktagonga chiqish uchun harakat qilaman va yengilmas degan nomni saqlab qolishiga imkon bermayman. Hech bo‘lmaganda, unga qarshi kuchimni sinab olaman.
Men o‘zimni dunyoning eng xavfli yengil vazndagi jangchilardan biri deb hisoblayman. Menda Xabibni imkonsiz qoldiruvchi fazilatlarim bor.

Qo‘l va oyoqlarim aqlbovar qilmas kuchli zarbaga ega. Shu qatorda, parterda ham yaxshi ishlayman. Men ham, u kabi tajribaliman. Shuning uchun, men ushbu jang bo‘lishiga umid qilaman", - dedi Getji.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedovning navbatdagi jangi 18 aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Barcha kino va seriallar soundtracklari mana shu manzilda

Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 115 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: xabib janglari, JFS, sport xabarlari, xabib nurmagomedov, qafas janglari, saqlab qolishiga, Getji, Xabibga yengilmas, ufc uzbekistan, imkon bermayman, ufc yangiliklari, degan nomni | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт