Logotype
Главная | Регистрация | Вход Dushanba, 14.10.2019, 09:23


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

19:37

Inson salomatligi uchun eng zararli go'shtlar


Joylandi: 03.10.2019 | 19:37

Odam salomatligi uchun eng zararli goʻsht — yaroqlilik muddati kattarogʻi, deydi ratsional ovqatlanish boʻyicha mutaxassis, shifokor-fizioterapevt Marina Vaulina “VM”ga bergan intervyusida.

Uning soʻzlariga koʻra, isteʼmolchilar, xususan, import qilinuvchi goʻshtlarning “elita” navlaridan hushyor boʻlishlari lozim.

— Yaroqlilik muddati qancha katta boʻlsa, ishlab chiqaruvchi mamlakat shuncha uzoqda joylashgan, transportda tashish uchun oʻshancha koʻp vaqt ketgan, mahsulotga shuncha koʻp keraksiz kimyoviy moddalar — konservantlar qoʻshilgan boʻladi. Gap shundaki, bunday mahsulot bir necha marotaba muzlatiladi va eritiladi. Buning tanaga hech qanday foydasi yoʻq, — deya taʼkidlaydi u.

Shifokorlarning aytishicha, “delikates”ni yesa boʻladi, faqat meʼyorni unutmaslik kerak. Shuningdek, u goʻshtni koʻp qovurmaslikni, haddan tashqari koʻp yogʻ, tuz va ziravorlar qoʻshmaslikni hamda erigach muzlatkichda uzoq saqlamaslikni maslahat beradi.

Vaulinaning fikricha, odam tanasiga, ayniqsa, gʻoz, oʻrdak, qoʻy goʻshtining hazmi ogʻirlik qiladi. Lekin hammasi goʻshtni qanday pishirishga bogʻliq. Mana, masalan, sabzavotlar bilan bugʻda pishgan goʻsht yengilroq hazm boʻladi. Kabobda esa, aksincha, tutun zarralari va kanserogen moddalar ham qoʻshilib ketadi.

Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 166 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: salomatlik sirlari, go'shtlar, go'shtning foydalari, go'sht haqida malumot, tibbiyot yangiliklari, go'shtning zararlari, eng zararli go'shtlar, Inson salomatligi uchun | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт