Logotype
Главная | Регистрация | Вход Dushanba, 14.10.2019, 08:36


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

17:38

Jinsiy zaiflik sabablari haqida ma'lumot


Joylandi: 21.09.2019 | 17:38

Oxirgi yillarda jinsiy ojizlik nafaqat o‘rta yoshdagi erkaklarga, balki 20–25 yoshdagi yigitlarga ham xavf solmoqda. Erektil disfunksiyaning «yoshargani» haqida shifokorlar avvallari bong urgan bo‘lsa, bugun u shunchaki fakt sifatida keltiriladi, xolos. Ammo bunda tashvishga uncha katta asos yo‘q: yoshlarda jinsiy ojizlik ko‘pincha psixologik omillar sabab yuzaga keladi. Doimiy stressli vaziyatlarda ishlash, kam uxlash, charchoq, depressiya, qo‘rquv va hayajon, tajribasizlik, kamharakatlilik, kompyuter texnologiyalariga mukkasidan ketgan holda ko‘p o‘tirish natijasida qon aylanishining buzilishi sabab yoshlarda jinsiy yaqinlik payti ojizlik sezilishi mumkin.

Biroq yigitlarda ham yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklar bilan birga, umurtqa va tos sohasidagi bo‘g‘imlarga yetkazilgan jarohatlar tufayli ham erektil disfunksiya erta rivojlanishi ehtimoldan holi emas. Ba’zan jinsiy ojizlik yosh yigitlarda turmush tarzi bilan bog‘liq sabablar tufayli kelib chiqishi ham mumkin. Uzoq vaqt jinsiy yaqinlikdan saqlanish, jinsiy hayotni kech boshlash yoki bu borada o‘ta faol bo‘lish, ayrim dori vositalarini qabul qilish, oziqlantiruvchi moddalarning yetishmovchiligi, yoshlarning gormonal vositalarni qabul qilishi shular jumlasidandir.

Ekspert: Baxtiyor GULMUHAMMЕDOV, urolog-androlog.

Категория: Jinsiy hayot haqida (Kattalar uchun) | Просмотров: 58 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: haqida ma'lumot, Jinsiy zaiflik sabablari, jinsiy zaiflikni oldini olish, seksopatolog maslahatlari, jinsiy yaqinlik, jinsiy quvvatni oshirish, androlog tavsiyalari, jinsiy munosabat, Jinsiy aloqa, jinsiy olam, urolog maslahati, jinsiy hayot | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт