Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 18.09.2019, 10:29


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

14:42

Juda tez va oson ozish usullari


Joylandi: 02.09.2019 | 14:42

Prevention jurnalining bosh muharriri va sog‘lom ovqatlanish haqidagi bir necha kitoblar muallifi Liz Vakeyriello ortiqcha vazn – noto‘g‘ri ovqatlanish natijasi deb hisoblaydi. Yaqinda nashr qilingan “parhezli dayjest”da u tez ozishga yordam beruvchi oziq-ovqatlar ro‘yxatini keltirib o‘tgan.

1.Oqsillar
Oqsillar nafaqat teri, soch va tirnoqlar holatini yaxshilaydi, balki vazn yo‘qotishga ham yordam beradi. Baliq, oq go‘sht, tuxum va boshqa “proteinli” oziq-ovqatlar juda to‘yimli – statistikaga ko‘ra oqsil bilan parhez qiluvchi odamlarda ratsion o‘rtacha olganda 10% ga kamayishi aniqlangan.

2.C vitamini
C vitamini shamollashni davolashda tengi yo‘qligi ko‘pchilikka ma’lum, lekin u ozishga ham yordam berishini hamma bilmasligi mumkin. Kanada olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda organizmda askorbin kislotasining yetishmasligi “zararli” yog‘larning yig‘ilib qolishiga olib kelishi aniqlandi.

3.Asal
Asal antibakterial, virusga va mikrobga qarshi kurashish xususiyatlariga ega, shuningdek immunitetni mustahkamlashga, qondagi shakar miqdorini normallashtirishga va vaznni kamaytirishga ham yordam beradi.

4. Kakao
Tadqiqotlar kakaoning terini ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qilish, asab tizimini mustahkamlash, kayfiyatni ko‘tarish va tez to‘yishga yordam berish kabi bir necha xususiyatlarini aniqladi.

5. Sirka
Ilmiy tadqiqotlar sirkaning glikemik natija deb ataluvchi – u iste’mol qilinganidan keyin qondagi shakar miqdorining me’yorida qolishi va tez to‘yishga yordam beruvchi xususiyatlarga ega ekanligini aniqladi.

6. Kletchatka
Sabzi, pomidor va boshqa sabzavotlar, shuningdek ko‘katlar yaxshi hazm bo‘lmasa ham, kletchatkaga boy oziq-ovqatlar va juda to‘yimli hisoblanadi. Tushlik paytida olma sirkasi qo‘shilgan sabzavotli salat iste’mol qilsangiz, tez to‘yib qolasiz.

Manba: “Zdorovie.com”

Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 120 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: salomatlik sirlari, Juda tez, qanday qilib ozish mumkin, zararsiz ozish, semizlikdan qutulish, vazn yo'qotish, ozish usullari, foydali maslahatlar, va oson, vazn tashlash | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт