 Joylandi: 30.08.2019 | 16:54
Moskva sog‘liqni saqlash departamentining shtatdan tashqari bosh diyetologi Tatyana Brejneva kolbasa va sosiskalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish bolalar salomatligiga ziyon yetkazishi haqida gapirib berdi.
Uning qayd etishicha, ayrim ota-onalar bunday mahsulotlarni bola taomnomasiga juda ko‘p kiritishadi. Bu bola tanasida ortiqcha oqsil paydo bo‘lishiga olib keladi.
«Allergik reaksiyalar, buyrak faoliyatining buzilishi, yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanligi shular jumlasidan», — Brejneva so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Moskva» shahar yangiliklari agentligi.
U ota-onalarga bolalar taomnomasi bo‘yicha bir qancha maslahatlar berdi: ovqatlanayotgan vaqtda bolaga suv va ichimlik bermaslik kerak, negaki bu ishtahani susaytiradi va hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi. Shuningdek, o‘quvchi taomnomasiga o‘simlik yog‘larini kiritish zarur. |