Logotype
Главная | Регистрация | Вход Dushanba, 14.10.2019, 09:22


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

07:39

Mampar qanday tayyorlanadi? o'rganamiz


Joylandi: 22.09.2019 | 07:39

Mampar — mazali va juda to’yimli suyuq taomlardan biri bo’lib, tayyorlash jarayoni ham umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Bizning usulda tayyorlanilgan mampardan tayyorlab ko’ring va oila a’zolaringizni tansiq ovqat bilan xushnud qiling.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*



Masalliqlar:



XAMIRIGA:

200 gramm un

1 dona tuxum

50 millilitr suv

0.5 choy qoshiq tuz



BULYONIGA:

350-400 gramm mol go'shti

200 gramm piyoz

5-6 dona sarimsoqpiyoz tishchasi

200 gramm qizil sabzi

200 gramm pomidor

300 gramm qizil bulg'or qalampiri

1 bog' kashnich

1 osh qoshiq pomidor pastasi

1 osh qoshiq soya qaylasi

ta'bga qarab tuz

ta'bga qarab achchiq qalampir

qovurish uchun o'simlik yog'i

2 litr suv



1-qadam

Xamiriga:

Tog'orachaga suvni quyamiz. Ustidan tuxumni chaqib solamiz va tuz sepamiz. Sanchiqda ko'pirtirib olamiz. Unni elab solamiz va qattiqroq xamir qorib olamiz. Xamirni 10 daqiqaga tindirib qo'yamiz.



2-qadam

So'ng xamirni olib, 3 mm yupqalikka kirgunicha yoyib olamiz. Xamirdan 1 sm qalinlikdagi uzun-uzun lentalar kesib chiqamiz. So'ng hammasidan 1x1 sm kattalikdagi to'rtburchaklar kesib chiqamiz.



3-qadam

Bulyonini pishiramiz:

Go'sht, piyoz, bulg'or qalampiri, sabzi va pomidor(po'stidan tozalangan)ni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.



4-qadam

Qozonga yog'ni quyamiz. Go'shtni solib, qizartirib qovurib olamiz. So'ng piyozni solib, birgalikda yaxshilab qovuramiz.



5-qadam

So'ng ustidan sabzi, bulg'or qalampiri va pomidorni solamiz. Birgalikda 5 daqiqa qovurgandan keyin ustidan pomidor pastasi, soya qaylasi, to'g'ralgan kashnich, sarimsoq piyoz va achchiq qalampirni solamiz. 5 daqiqacha qovuramiz.



6-qadam

Suvni quyib, qaynash darajasiga keltiramiz. Past olovda 1 soat davomida pishiramiz.



7-qadam

Pishishiga 10 daqiqa qolganda esa tayyorlab qo'ygan xamirimizni solamiz.

Pishgan mamparnni 10 daqiqa tindirib, so'ng esa dasturxonga tortamiz.



Yoqimli ishtaha!

Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 88 | Добавил: Malika | Теги: suyuq taomlar, pazandalik sirlari, ovqat qilish, ayollar oshxonasi, taom tayyorlash, Mampar tayyorlashni o'rganish, mampar qanday tayyorlanadi | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт