Logotype
Главная | Регистрация | Вход Dushanba, 14.10.2019, 09:32


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

06:29

«Manchester Yunayted» Tomas Tuxelni olib kelmoqchi


Joylandi: 22.09.2019 | 06:29

Ule-Gunnar Sulsher «Manchester Yunayted» bilan uch yillik shartnomaga imzo chekkaniga hali ko‘p vaqt o‘tmadi, shunga qaramay klub rahbarlari «PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxelni olib kelish niyatida, deb yozmoqda fransuz ommaviy axborot vositalari.

«Le 10 Sport» xabariga ko‘ra, agarda 2019-2020-yillar mavsumi yakunida ham Sulsher hozirgidek nursiz o‘yinini ko‘rsatadigan bo‘lsa, «Manchester Yunayted» uning o‘rniga Tomas Tuxelni olib kelmoqchi.

Biroq, nashrning yozishicha, «qizil iblislar» buning uchun jiddiy raqib — bosh murabbiyi klub mavqeiga tobora tushmay borayotgan «Barselona» bilan ham kurashishiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun: Tomas Tuxel Yevropadagi eng yaxshi murabbiylardan sanaladi. Uning jamoasi («PSJ») o‘tgan chorshanba kuni ChL guruh bosqichi 1-turida o‘z uyida Zidan boshchiligidagi «Real Madrid»ni 3:0 hisobida tor-mor etdi. Parijliklar yozgi transferlarda «zaxira o‘rindig‘i»ni yaxshigina kengaytirib oldi. Xususan, o‘z jamoalarida qadrini yo‘qotgan futbolchilar — «Real Madrid» darvozaboni Keylor Navas, «Inter» hujumchisi Mauro Ikardi parijliklar safini to‘ldirdi.

Tuxel «PSJ» bilan o‘z chempionatida tanho yetakchilikni saqlab turibdi: 5 turdan so‘ng 4 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat. Sulsherning «Manchester Yunayted»i esa Angliya chempionatida 5-o‘rin bilan qanoatlanishga majbur: 2 g‘alaba (penaltilar yordamida), 1 mag‘lubiyat, 2 durang.

Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 85 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: chiroyli gollar, sport xabarlari, Tomas Tuxelni olib kelmoqchi, «Manchester Yunayted», qanchaga sotildi, narxi, futbol yangiliklari, Manchester City, tomas tuxel biografiyasi | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт