Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 12.12.2019, 23:30


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

Musofirlar haqida she'r


Joylandi: 01.12.2019, 16:35

Yana qo‘lga olib qalam
Sog'inchimni etdim bayon
Ichimdagi dardu alam
Faqat bir o‘zimga ayon

Yuribmanku mehnat qilib
Yurtdan olis makonlarda
Har kun halol rizqim terib
Ishlayapman sovuqlarda

Goh mag'lubman goho g'olib
Hatto ba'zan bekor qolib
Sog'inchimni kuyga solib
Yashayapman musofirda

Otajonim men yaxshiman
Onajonim ishim yengil
Akam ukam yuribdimi
Qalay o'zi erka singil

Qishloq ancha o'zgargandir
Chiroy ochib gullagandir
Do‘stu jura qadirdonlar
Sog‘u salomat yurgandir

Bu yerlarda dardkashim yo'q
Biror yaqin sirdoshim yo'q
Ammo havotir olmanglar
Ustim butu qornim ham to'q

Yaqin qoldi diydor oni
Men qaytaman tugasa qish
Sog'indimda vatanimni
O‘zimizda ham ko'pku ish
04.11.2019

Muallif: Abdulla Murodulla


Категория: Sherlar / Armon haqida / Sevgi haqida / Tasirli sherlar / Hazil sherlar | Добавил: ZIYO_MUSIC (01.12.2019)
Просмотров: 179 | Теги: Musofir, hayot haqida sherlar, abdulla murodilla, musofir yurtdagilar, musofir insonlar, Musofirlar uchun ajoyib she'r, yangi sherlar, vaqt haqida, musofirim, ajoyib sherlar, tasirli sherlar, diydor haqida oila haqida sherlar | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт