Ziyo-Music.Com
Shanba, 17.08.2019, 20:41
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 6515
Статистика

Xozir saytda: 59
Mexmonlar: 58
Foydalanuvchilar 1
ZIYO_MUSIC

12:03

Agar tarvuz daraxtda o'sganda…


Joylandi: 05.08.2019 | 12:03

Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qilgan:

إِنَّا كُلَّ شَيْءٍ خَلَقْنَاهُ بِقَدَرٍ

“Albatta, Biz har narsani o'lchov bilan yaratdik” (Qamar surasi, 49-oyat).

Ha, Alloh taolo kichik atomdan tortib ulkan galaktikalargacha, umuman, butun borliqni aniq o'lchov va hisob bilan yaratgan. Yer yuzida hayotning muntazam ravishda davom etishining asosiy sabablaridan biri ana shu o'lchovli qilib yaratilganidir. Hamma narsa o'lchovlidir. Bu olamda biror narsa yo'qki, shu o'lchovdan tashqarida bo'lsa. Keling, so'zimizga oid misollarni ko'rib chiqsak:

Alloh taolo og'irligi 4-5 tonna keladigan filga kiyikning oyog'ini berganda nima bo'lardi? Oyoqlar tanani ko'tara olmay, sinib ketgan bo'lardi. Bunday ulkan vaznli jonzot uchun mana shunday ustundek oyoqlar kerak. Shuningdek, fillar changalzorlarda yashaydi. Kiyiknikidek oyoq changalzorda turli o'simliklar, lianalarga o'ralib, yurishi qiyinlashardi. Katta oyoqlar bilan esa bemalol o'simlik ustini bosib, ezib, yurib ketaveradi.

*****

Bordiyu kiyikka filning oyog'ini berganda nima bo'lardi? Kiyik bu og'ir vaznli oyoqni ko'tarishga qiynalib, yura olmagan bo'lardi. U sakrab-sakrab yura olishi, yirtqichlar hamlasidan tezda qocha olishi uchun unga mana shunday ingichka, nozik oyoqlar kerak.

*****

Agar Alloh taolo tarvuzni daraxtda o'sadigan qilib qo'yganida, tarvuzlar pishgan paytlarda o'sha daraxt ostidan o'tayotgan odamlarning boshiga katta tarvuz tushib, ko'p talafotlarga olib kelardi. Qolaversa, og'ir vaznli tarvuzlarni daraxtdan uzib olish anchagina muammo keltirib chiqarardi. Alloh taoloning marhamatini qarangki, tarvuzlar yerdagi paykonlarda o'rmalab unib-o'sadi, pishib yetiladi. Ularni uzib olish, yig'ib-terish ham muammoga sabab bo'lmaydi.

*****

Kemiruvchilar ko'p bola tug'adi. Ammo bolalarining ko'p qismi uzoq yashamay o'lib ketadi. Oz qismigina tirik qoladi. Agar barcha bolalari o'lib qolmay, uzoq yashaganida, dunyoda kemiruvchilar soni ko'payishi hisobiga ko'p noqulayliklar yuzaga kelardi.

*****

Bo'rilar, oq ayiqlar kam bola ko'radi. Ammo ular uzoq yashaydi.

*****

Itlar ko'p tug'adi, ammo bolalarining aksari kichikligida o'lib ketadi.

*****

Qo'ylar kam tug'adi, ammo bolalari uzoq yashaydi.

*****

Shu tarzda jonzotlar o'rtasida muvozanat saqlanadi.

*****

Arslon, qoplon, bo'ri kabi yirtqich hayvonlar faqat kasal, qari kiyik, ho'kiz kabi hayvonlarni ovlaydi. Bu esa kiyiklar, ho'kizlar va boshqa o'lja bo'ladigan jonzotlar to'dasida kasallik tarqalishining oldi olinishiga sabab bo'ladi.

*****

Yirtqich qushlarning tumshuqlari qayrilgan bo'ladi. Bu esa ularga ov qilingan o'lja go'shtini uzib-uzib yeyishi uchun qulaylikka sabab bo'ladi.

*****

Yirtqich bo'lmagan qushlarning tumshuqlari esa to'g'ri shaklda bo'ladi. Bu esa ularga don va mayda hasharotlarni terib-terib yeyishga imkon beradi.

*****

Oq ayiq va pingvinlarning terisi qalin, shaffof va yog'li bo'lib, bu esa ularga terining suv bilan namlanmasligi, natijada ularning muzlab qolmasligiga, umuman, sovuq iqlimda qiynalmay yashashiga imkon beradi.

*****

Dengiz suvi sho'r. Agar suv chuchuk bo'lganida, baliqlar tez fursatda achib, o'lib qolgan, suvning o'zi ham aynib ketgan bo'lardi. Sho'r suvdagi baliq xuddi tuzlangan go'sht demakdir. Go'sht tuzlab qo'yilganda aynimay, eskirmay turgani uchun baliqlar yashaydigan muhit suvlari ham tuzli suvdir.

*****

Ichimlik suvi esa shirin. Agar inson to'xtovsiz sho'r suv ichaverganda, o'pka va hazm qilish a'zolari qisqa muddatda ishqor ta'sirida yedirilib, inson halok bo'lgan bo'lardi.

*****

Endi o'zimizni olib ko'raylik. Agar ko'zimiz bitta, og'zimiz ikkita, qulog'imiz uchta, qo'limiz oyog'imiz o'rnida, oyog'imiz orqamizda, boshimiz belimizda bo'lganida qanday ko'rinish va mashaqqat yuzaga kelardi?! Tasavvur qilishning o'ziyoq dahshatli, to'g'rimi?! Juda xunuk manzara bo'lishi ko'z oldimizga keldi, shunday emasmi?!

Robbimiz O'zining Kalomida shunday marhamat qiladi:

لَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ فِي أَحْسَنِ تَقْوِيمٍ

“Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suratda yaratdik” (Tiyn surasi, 4-oyat).

*****

Ha, azizlar, Alloh taolo bizga Mehribondir. U barcha narsani go'zal suratda, muvozanat va hikmat ila yaratgan.

Har bir jonzotning tana a'zolarini o'ziga moslab yaratgan Buyuk Musavvir Zot – Alloh taolo barcha aybu nuqsonlardan pokdir!



muslim.uz
Категория: Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar | Просмотров: 36 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
добро пожаловать,
Логин:
Пароль:
Поиск
Категории раздела
Boy bo'lish uchun / Pulni ko'paytirish [20]
Dunyo yangiliklari [1431]
Sport yangiliklari [1143]
Yurtimiz yangiliklari [872]
Shou bizness yangiliklari [343]
Turfa olam [38]
Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar [593]
Tehnologiyalar [356]
Avtomobil olami [68]
Wapmasterlar uchun [33]
Munajjimlar bashorati [78]
Qo'shiq Matni [146]
Salomatlik sirlari [248]
Foydali Maslaxatlar [1106]
Ayollar Uchun [121]
Erkaklar uchun [44]
Bolalar salomatligi [50]
Keksalar salomatligi [4]
Burjlar olami [2]
Kompyuter Dasrliklari [23]
Yulduzlar biografiyasi [33]
Testlar, Psixologiya [101]
Pazandalik sirlari [198]
Mobil telefon sirlari [61]
8-martga sherlar, tabriklar [3]
21-mart navro'z bayramiga tabrik va sherlar [3]
1-aprel hazillari/ 1-aprel uchun hazil gaplar [3]
Sevgi dunyosi / Sevgi haqida [16]
Dunyo mamlakatlari haqida - osiyo yevropa okeyanlar [12]
Kinolar seriallar haqida ma'lumotlar / voqealar rivoji [143]
Qiziqarli maqolalar va Fikr mulohazalar [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [1]
SOCH TO'KILISHI HAQIDA / СОЧ ТУКИЛИШИ ХАКИДА [24]
Eng yangi super latifalar / Латифалар олами [13]
Календарь
«  Avgust 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей