
AQSH SUDI O`Z QIZINI ZO`RLAGAN JINOYATCHINI 1503 YILLIK QAMOQ JAZOSIGA HUKM QILDI

AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Fresno shahrida yashovchi, ismi sir tutilayotgan erkak 1503 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Sudning bunday qarorga kelishiga erkakning to`rt yil mobaynida o`z qiziga jinsiy zo`ravonlik qilgani sabab bo`lgan. Sudda prokuror Nikol Galsten (Nicole Galstan)ning ma`lumot berishicha, qiz ilk marotaba oilaning do`sti tomonidan zo`ravonlik qurboniga aylangan. Otasi qizini himoya qilish o`rniga, uni to`rt yil davomida o`zining “shaxsiy mulki”ga aylantirgan. 1993 yilda tug`ilgan qiz ortiq bunday xo`rlikka chidolmay, uydan qochib ketgan.
Sudda sentyabr oyida ayblanuvchiga voyaga etmagan shaxsni zo`rlaganligi uchun 186 epizod bo`yicha ayb qo`yilgan. Hukm chiqargan sudya Edvard Sarkisyan (Edward Sarkisian Jr.)ning ta`kidlashicha, erkak qiziga biror marta rahm-shafqat qilmagan, balki barcha voqeada uni ayblagan.
Tergov jarayonida erkakdan o`z aybiga iqror bo`lib, tergov bilan hamkorlik qilish taklif etilgan. Agar erkak bu shartga rozi bo`lganda 13 yilga yoki uzog`i bilan 22 yilga qamalgan bo`lardi. Biroq jinoyatchi taklifni rad etib, qamoqda o`tkazgan vaqtini hisobga olib, ozodlikka chiqarishlarini talab qilgan.






AQSH SUDI O`Z QIZINI ZO`RLAGAN JINOYATCHINI 1503 YILLIK QAMOQ JAZOSIGA HUKM QILDI haqida ma'lumot, AQSH SUDI O`Z QIZINI ZO`RLAGAN JINOYATCHINI 1503 YILLIK QAMOQ JAZOSIGA HUKM QILDI Android kitoblar, AQSH SUDI O`Z QIZINI ZO`RLAGAN JINOYATCHINI 1503 YILLIK QAMOQ JAZOSIGA HUKM QILDI haqida aforizmlar, Qaynoq yangiliklar, xabarlar,sherlar, statuslar, aforizmlar, ota ona haqida, sevgi haqida, ayriliq haqida, ajoyib hikoyalar, real voqealar,ta'sirli hikoyalar, android o'yinlar, apk kitoblar eng qiziqarli va foydali o'yinlar psixologik testlar o'ynash, va skachat qilish ko'chirish uchun bizning saytga tashrif buyuring
Другие материалы по теме:
|
|