Logotype
Главная | Регистрация | Вход Dushanba, 21.09.2020, 17:02


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

15:56

AQShda bir yoshlik siam egizaklari muvaffaqiyatli ajratildi


Joylandi: 17.10.2016 | 15:56

Nyu-Yorkning Bronks klinikasi jarrohlari boshi bilan chatishib ketgan siam egizaklarini muvaffaqiyatli ajratishdi. Jarrohlik operatsiyasi 16 soat davom etgan, so‘ngra bosh chanoqlarining tiklanishi uchun yana 8 soat talab etilgan. Bu haqda xorij OAV ma’lum qilmoqda.


Jeydon va Enias ismli o‘g‘il egizaklar onasi Nikol Makdonald feysbukda operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qilgan. Jeydon tiklanish bo‘limiga o‘tkazilgan, operatsiyasi 5 soat kechroq yakunlangan Enias hali ham shifokorlar nazoratida jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Bolalarning onasi farzandlarining tiklanishi og‘ir kechishi va uzoq davom etishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Operatsiyaga siam egizaklarini ajratish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan jarroh Jeyms Gudrix boshchilik qilgan. Bu egizaklar u ajratgan 7-siam egizaklari bo‘ldi.

Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1098 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/14

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт