Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 19:36


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

14:03

Ari chaqsa nima qilish kerak?


Joylandi: 27.09.2016 | 14:03

Yozning issiq kunlarida turli
hasharotlarning, shu
jumladan, arilarning ham faol hayoti boshlanadi.
Asalari bo‘lsin yoki turli zaharli arilar,
ular bir soniya ham
tinmasdan uchib yuradi.
Shuning uchun ham yozning issiq kunlari odamlarni aksariyat hollarda bolalarni
ham ari chaqib olish hollari ko‘p uchraydi. Darhaqiqat,
bunday vaziyatlarga inson ko‘p ro‘para keladi.
Turli vaziyatlarda odamni va ko‘pincha bolalarni bitta yoki
bir nechta ari chaqib oladi. Aslida arilar o‘zlarini himoya
qilish maqsadida chaqishadi.
Hatto, ba’zi arilar nish
urganidan keyin o‘ladi. Arilar
hayot uchun muhim vazifalarni bajaruvchi qon tomirlarga va
asabga yaqin joydan chaqsa uning ta’siri yuqori va xavfli
bo‘ladi.
Odatda arilar odamlarni ochiq
joylarini chaqadi. Jumladan, qo‘llarini, yuzlarini, bo‘yin
sohasini ba’zan esa oyoqdan chaqadi. Shunday holatlar ham
bo‘ladiki, favqulodda
bolalarning lablaridan hatto, tillaridan ari chaqib olgan
holati ham kuzatiladi.
Ari nayzasining ostida zaharli bezi bo‘ladi. Hasharot chaqqanda zahari ta’sirida shu
joy qattiq achishib og‘riydi. Og‘riq bir soniyada atrof
to‘qimalarga tarqalib ketadi. Keyinchalik shu joyda shish,
qizarish yuzaga keladi. Ba’zan
eshakemsimon shishli toshma paydo bo‘ladi va qattiq qichishadi. Chaqilgan joy ko‘z
atrofida bo‘lsa, bolaning yuzlari
shishib, qovoqlari osilib qoladi.
Xuddi shunga o‘xshab lablar atrofi yoki quloqlar terisida
ham chaqilsa xuddi shunday holatlar kuzatiladi.
Agar arilar bolaning boshidan chaqsa, nafas olishi tezlashadi, tomir urishi bir daqiqada
150-180 martagacha uradi.
Ayniqsa, o‘pkada shish paydo bo‘lishi og‘ir holatlarga olib
kelishi mumkin. Bunday vaziyat
ko‘pincha arining zahari ta’siriga sezuvchan bolalarda
yoki ular o‘ynab yurganlarida
favqulodda bir nechta yovvoyi katta (qovoqari, ammofila arisi) chaqqanida yuz beradi.
Xo‘sh, arilar chaqqanida nima
qilish kerak yoki qanday birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish lozim?
*Birinchidan, ari chaqqan teri
sohasidan tezlik bilan uning qolib ketgan nishini olish
zarur. Shu joyni ikki barmoq oralig‘iga olib siqib tashlang.
Hech ikkilanmasdan zararlangan sohani so‘rib tupuring.
*Ikkinchidan, zararlangan
sohaga novshadil spirti yoki etil spirti bilan ho‘llangan doka
bosing.
*Uchinchidan, og‘riq kuchaysa
ari chaqqan sohaga
namakobga ho‘llangan doka
bosing. Shunday qilsangiz shish
unchalik katta bo‘lmaydi.
*To‘rtinchidan, agar qo‘l ostingizda yuqorida tilga
olingan dori vositalari bo‘lmasa shu joylarni ho‘llash kerak yoki
loy bosish kerak.
Unutmang! Ari chaqishiga bee’tibor bo‘lmang. Hayotda ari
chaqqanligi sababli o‘lim holatlari ham kuzatilgan.
Bir paytda bir nechta ari chaqsa bemorga aspirin bergan ma’qul. Unga ko‘p suyuqlik ichirish kerak va
oqibatda bemor ko‘p terlaydi tanadan ari zahri ter va peshob bilan chiqib ketadi.
Arilarning iniga to‘g‘ri kelib qolsa ko‘pchilik baqirib boshi oqqan tomonga qochadi.
Natijada yiqilib jarohat oladi. Yer bag‘ridagi yoki o‘simliklar tanasidagi ari inini bosib
oldingiz deylik, bunday vaziyatda daraxtlar orasiga
kirib ketish yoki suv bo‘lsa unga sho‘ng‘ish kerak. Imkon
bo‘lmasa ustingizga mato yopinib chetga chiqing.
Keng tabiat bag‘rida yosh bolalarning jarlar oralig‘ida yoki
tepaliklar, eski chirigan daraxtlar ustiga o‘ynashiga yo‘l
qo‘ymang. Kattalar ham yalang bosh, yalang oyoq yoki engil-elpi kiyinib bu joylarda yurmasligi lozim. Siz yashayotgan xonadonda yoki
dala hovliga arilar in solgan bo‘lsa yoki ularning chaqib
olish xavfi oshsa hasharot inini
saharda qaynoq suv quyib, buzib tashlang. Lekin ularning
inlarini tutun yoki olov bilan buzishni xayolingizga
keltirmang.
*Diqqat!
Ari chaqqan odamga birinchi yordam ko‘rsatilgach, imkon
bo‘lsa zudlik bilan shifokorga ham murojaat eting.
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 1612 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/7

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт