Logotype
Главная | Регистрация | Вход Seshanba, 26.05.2020, 17:39


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

21:09

Ayollar 8 mart bayramiga qanday sovg‘a istaydilar?

Joylandi: 07.03.2018 | 21:09

Go‘zal bahor faslining eng ajoyib bayramlaridan biri bu – “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” ekanligi hech birimizga sir emas. Ushbu bayram kuni har birimiz yaqinlarimizni shod etishni istaymiz. Ayniqsa, erkaklar eng aziz va muqaddas insonlardan biri, ayol-qizlarimizni ko‘nglini topib, eng yaxshi sovg‘alarni hadya etishga harakat qiladilar.
Bayram munosabati bilan yurtimizning taniqli ayollariga – “Ayollar 8 mart bayramiga qanday sovg‘a olishni istaydilar?”, – degan savol bilan murojaat qilgan Kunutun nashri mashhurlarning javoblarini taqdim etdi. Demak, quyida bayramga eng yaxshi sovg‘a, taniqli va mashhur ayollar nazdida.

Dilso‘z, xonanda

“Men uchun bayramga eng zo‘r sovg‘a bu — gul. Chunki u bahor darakchisi bo‘lib, inson ko‘ngliga bahoriy iliqlik olib kiradi, kayfiyatni ko‘taradi. Nafis gullar iforidek musaffolik nazarimda barcha ayollarni o‘ziga maftun etadi. Tabiatning bunday mo‘jizasi, ayniqsa, yaqin insoningiz tomonidan hadya etilsa yanada huzurbaxsh bo‘ladi”

Ruxshona, xonanda

“Tabiiyki, 8 martda ayollar gul kutishadi. Ammo, eng kerakli va yoqimli sovg‘a menimcha — vaqt. Agar, siz ko‘ngil bergan inson kun davomida siz bilan vaqt o‘tkazsa, siz uchun vaqt ajratib, qayerlargadir olib borsa, shuning o‘zi eng katta sovg‘a. Kinoga tushasizmi yoki bog‘larda oilaviy aylanasizmi, farqi yo‘q”

Nigina Anorboyeva, aktrisa

“Bayramda yaqinlarimizning bizga nisbatan e’tiborli bo‘lishlarining o‘zi katta sovg‘a, deb o‘ylayman. Albatta, ayollar bayrami gullar bilan yanada go‘zal o‘tadi. Albatta, gullar istayman. Bir so‘z bilan aytganda, e’tibor va gullar men uchun betakror tuhfalardir”

Zarina Nizomuddinova, aktrisa

“Men o‘ylaymanki, har bir inson chin dildan istagan sovg‘asini ommaga chiqarishni istamaydi. Chunki sovg‘a deganda hammani o‘ziga yarasha qarashlari bor. Har kim turli narsa istaydi, kimlar qimmatbaho narsalar kutsa, kimlardir e’tibor, mehrni istaydi”

Категория: Erkaklar uchun | Просмотров: 906 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: istaydilar?, bayramiga, sovg‘a, Mart, qanday, ayollar | Рейтинг: 5.0/3

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт