Logotype
Главная | Регистрация | Вход Seshanba, 21.03.2023, 16:20


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

20:45

Ayolni qanday sevish kerak? Erkaklar o'qisin


Joylandi: 29.10.2016 | 20:45

Erkak kishi oilaviy munosabatlarda ayollarchalik talabchan emas. Risoladagi erkak sevgan ayolining uncha-muncha injiqliklarini ko‘tara oladi. Biroq ba’zan “bu ayolga nima kerak o‘zi, nima qilsam chakagi yopiladi” deb o‘ylab qolishlari turgan gap. Maqola ana shunday boshi qotib turgan erkaklarga mo‘ljallangan.
1. Bir-biringizdan nima istashingiz ayon bo‘lsin

Ayollar bor, eriga onadek g‘amxo‘r, ayollar bor, o‘la-o‘lguncha yosh boladek erka, ayollar bor, eriga xuddi do‘st-o‘rtoqdek va yana ayollar borki, Farmonbibidek hukmfarmo. Xullas, biz rosa har xilmiz. Siz yoningizda kimni ko‘rishni istaysiz? Qaysi turdagi ayol bilan bir umr hayot kechirishga tayyorsiz? Ana shu savollarga javobingiz bo‘lishi kerak. Avval boshdanoq, bir-biringizdan nima kutayotganingizni bilsangiz, tushunmovchiliklarning oldi olinadi. Oilaviy ziddiyatlarning aksari juftlar bir-biridan kutganlari oqlanmagani tufayli yuzaga keladi. Hafsala pir bo‘lganidan yomoni yo‘q. Shu sababli bo‘lajak juftingiz bilan kelajak haqida samimiy suhbatlashib oling.

2. Qarorni siz qabul qiling!

Erkak kishi aniq-ravshan fikrlaydi, mas’uliyatni zimmasiga ola biladi, jur’atli va irodali. Ayollar tuyg‘ular ta’sirida xayollarining ming ko‘chasiga kirib chiqquncha erkak bir qarorga keladi-qo‘yadi. Albatta, uning qarori muhokama qilinmaydi, aytdimi, tamom, bajariladi degani emas bu. Shunchaki, ayollar uzoq o‘ylanib, cho‘zilib o‘tiradigan erkaklarni yoqtirishmaydi.

Tavsiya etilmaydi:

Dadasi, bugun biror joyga borib, ovqatlanaylik.
Farqi yo‘q… Bugun majlisdan keyin qayoqqa istasang olib boraman, nimani aytsang olib beraman.
Tavsiya etiladi:

Dadasi, bugun biror joyga borib, ovqatlanaylik.
Jon deyman. Aytgancha, bir yangi restoranni bilaman, do‘stlarim maqtashgandi, o‘sha yoqqa olib boraman seni.
3. Ogohlantirmasdan yo‘q bo‘lib qolmang.

Ayollar xavotir va vahimaga moyil bo‘ladi. Shuni bilib turib, kutilmaganda qo‘ng‘iroq va SMSlariga javob bermay qo‘ysangiz hamda odatdagidan kech qoladigan bo‘lsangiz, tabiiyki, eng sovuqqon va aqlli ayol ham “Nima bo‘ldi ekan? Mashina urib ketdimikan? Yo yangi kelgan xodima ko‘zini suzdimikan? Balki umuman boshqa xotini ham bordir-u, hozir u erimga o‘g‘il tug‘ib berayotgandir…(keeeetdi bu yog‘i)” deb o‘ylay boshlaydi. Shu sababli vaqtincha aloqaga chiqa olmasangiz yoki kech qolayotgan bo‘lsangiz, ogohlantirib qo‘ying. Uning ko‘ngli, sizning esa qulog‘ingiz tinch bo‘ladi.

4. Buzilgan narsalarni to‘g‘rilashni biling.

Tasavvur qilingki, bir uyum tozalanmagan sabzavotlar, suyak-sayoq go‘sht va o‘t-o‘lanlardan biror soat ichida ayolingiz uch xil mazali taom pishirib kelsa, ko‘nglingiz qanday yayraydi? Xuddi shunday, bitta mix qoqish yoki jo‘mrakni tuzatib qo‘yish orqali ayolingizning ko‘z o‘ngida super qahramonga aylanishingiz mumkin. “Qo‘limdan kelmaydi, mexanik, duradgor yo santehnikka qo‘ng‘iroq qil” deb o‘tirmang, urinib ko‘ring. Qo‘lida bolg‘a tutgan va uni ishlata bilgan erkak har qanday ayolda hurmat xissini uyg‘otadi. Yagona muqobil variant: “Menga qara, bu ishlarga vaqtim yo‘q, pulning joyini bilasan, olgin-da, yangi unitazni ustasi bilan birga buyurtma qil, ortgan pulga o‘zingga bitta tufli sotib olsang ham roziman”. Ana unda sizdan o‘tadigan qahramon bo‘lmaydi dunyoda. Faqat hamyoningiz shunga imkon bersa. Aks holda bolg‘a ishlatishni o‘rganing.

5. Aytmasidan biling, so‘ramasidan muhayyo qiling.

Ayollarning kayfiyati juda o‘zgaruvchan, har daqiqada yangilanib turadi. Ammo ma’lum muddat kuzatib, yoringizni yaxshi bilib olsangiz, bu o‘zgaruvchanlikdagi ma’lum qonuniyatni ilg‘ab olasiz. Masalan, ob-havo, oy kunlari yoki g‘iybatlar ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan kayfiyatni siz o‘ta sezgir bir uskuna o‘laroq boshqarib borishingiz mumkin. Olaylik, ayol kishi hayz oldi kunlari jizzaki bo‘lib qoladi. Yana shirinlikka (ba’zilar aksincha, achchiq, sho‘r narsalarga) o‘ch bo‘ladi. Demak, shu kunlari uyga u istagan narsalarni olib kelish, janjal chiqarishga bo‘lgan urinishlarini esa hazil bilan yengib o‘tish talab qilinadi. Ikki kunda o‘tib ketadi.

 

Категория: Qiziqarli maqolalar va Fikr mulohazalar | Просмотров: 2643 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: o'qisin, ayolni sevish, erkaklarga yoqish, yigitlarga yoqish sirlari, Ayolni, erkaklar, kerak?, sevish, qanday, qiziqarli malumotlar | Рейтинг: 5.0/9

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт