Logotype
Главная | Регистрация | Вход Juma, 05.06.2020, 21:32


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

06:23

BAAda Wi-Fi o'rniga o'ta tezkor internet joriy qilinishi rejalashtirilmoqda


Joylandi: 23.03.2016 | 06:23

BAAning DU telekommunikatsion operatori Li-Fi deb nomlangan, yorug'lik diodlarida ishlovchi o'tatezkor internet texnologiyani joriy qilishga va'da bermoqda. Ma'lum qilinishicha, bu texnologiyaning asosiy afzalliklaridan biri uning ma'lumotlarni Wi-Fi texnologiyasidan 100 barobar tezroq jo'natishi hisoblanadi, deb yozadi "KUN.UZ".

 

Yangi texnologiyaning nomi Wi-fi’ga monand inglizcha light yorug'lik va fidelity aniqlik so'zlaridan tuzilgan. Li-Fi mavjud simsiz radiotizimlardan ko'ra ma'lumotlarni uzatishning arzonroq va energiya samarador usuli bo'lishga va'da qilinmoqda. Yangi texnologiyaning yana bir ustunligi yorug'lik diodli uzatkichlarning bir maromda taqsimlanishida binolar ichida internetga aniqroq va barqaror ulanishga erishish mumkin.

 

Biroq bu texnologiyaning ayni vaqtda bir qator kamchiliklari ham bor. Bu texnologiya yorug'liq to'lqinlariga bog'liq bo'lgani sababli, u kunduz kuni tashqarida ishlamaydi va devorlar orqali o'ta olmaydi, bu esa uning harakatlanish diapazonini qisqartiradi, biroq ma'lumotlarni uzatishda maxfiylikni saqlaydi, bu esa uni tibbiyot muassasalari, kompaniya bosh qarorgohlari, transport va maxsus tuzilmalarda ishlatishga yaroqli qiladi.

DU kompaniyasi ayni vaqtda Li-Fi’ni sinovdan o'tkazish va dasturlarni tekshirish uchun individual yechimlarni yaratish maqsadida yirik korxonalar bilan ishlayotganini aytdi, biroq yangi texnologiya BAAda qachon ishlay boshlashi borasida aniqlik kiritmadi.

Buyuk Britaniyadagi Edinburg universiteti professori Xarald Xaus Li-Fi’ni ixtiro qilgani va uni takomillashtirish bilan 10 yildan beri shug'ullanib kelishini ta'kidlamoqda. Li-Fi atamasini ham Xaus o'ylab topgan.

 
Категория: Tehnologiyalar | Просмотров: 693 | Добавил: Dima | Теги: yangi wifi, yangiliklar, wi-fi sirlari, wifi master, WiFi, wi-fi malumotlari, wifi haqida | Рейтинг: 5.0/10

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт