Bag‘dod sharqida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi
Joylandi: 27.09.2016 | 15:37
Iroq poytaxtining sharqiy qismida yuz bergan portlash oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Foto: “As-Sumariya” “As-Sumariya” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, portlash Yangi Bag‘dod dahasida sodir etildi. Terrorchi-xudkush daha markazida joylashgan masjid yaqinida portlovchi qurilmani harakatga keltirdi.
Iroq politsiyasi terakt tufayli kamida 4 kishi o‘lgani, 15 kishi yaralanganini bildirmoqda. Boshqa manbalar esa portlashda kamida to‘qqiz nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini ma’lum qilmoqda.