Logotype
Главная | Регистрация | Вход Seshanba, 26.05.2020, 18:33


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

06:52

Bahor va allergiya


Joylandi: 25.03.2016 | 06:52

Bahor turfa allergiyalar xuruj qiladigan mavsum.Aslida allergiya kasallik emas, balki oddiy narsalarga organizmning nooddiy munosabatda bo‘lishidir, — deydi tibbiyot fanlari doktori Yu.Smolkin. — Fan odam organizmiga tabiat tomonidan berilgan immunitet qo‘zg‘aluvchanligini o‘zgartirishga qodir emas. Biroq allergolog-shifokor har qanday mijozni sog‘aytirib, uzoq vaqt allergiyadan aziyat chekmay, bardam-baquvvat yurishiga yordam bera oladi. Antibiotiklar, o‘simlik gul changlari (erkak jinsi hujayralari) irsiy jihatdan odam organizmiga muvofiq kelmaydi.

 

O‘simlik va daraxtlar gullagan mavsumda allergenlar ko‘payishini hisobga oling. Ularga allergiyasi borlar kun o‘rtasida uzoq sayr va shahardan tashqariga sayohat qilishdan tiyilishi kerak. Bu paytda havoda gul changlari miqdori oshadi. Havo quruq kunlari uyda o‘tiring, sayr uchun gulchanglar hali ko‘tarilmagan erta tong yoki yomg‘irli paytlar ma’qul. Sayrga mos kelmaydigan eng noqulay joy — bu o‘tgan yilgi xazonlar yig‘ishtirib olinmagan qarovsiz bog‘-xiyobonlardir. Suv havzalari va ko‘llar atrofi esa sayr uchun qulay, bu joylarda gul ­changlari kam bo‘ladi.

Ko‘chaga chiqqanda oddiy yoki oftobdan himoyalovchi ko‘zoynak taqing.Ko‘chadan qaytgach, yaxshisi kiyimlaringizni almashtirib, dush qabul qiling, og‘izni chayib, ko‘zlaringizni yuving.

Uy romlariga qalin to‘r qoplang yoki uch-to‘rt qavat nam doka bilan to‘sing. Har kuni uyni nam mato bilan artib yig‘ishtiring.

O‘simlik ekstraktlari ko‘p qo‘shilgan kosmetika va kremlardan voz keching. Arzimas narsalarga asabiylashmang, stresslar immunitetni jilovlab, allergiya xurujiga yo‘l ochadi.

Категория: Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar | Просмотров: 1861 | Добавил: Dima | Теги: allergiya, baxordagi allergiyalar, baxor faslidagi narsalar, baxor, malumot, maslahat foydali, qiziqarli malumotlar, fakt, qiziarli va foydali | Рейтинг: 5.0/13

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 1
avatar
1 Master • 07:19, 25.03.2016 [Материал]
Yaxwiyam manda yoq
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт