
Bekajonlarga kartoshkani ishlatishda zarur bo`ladigan tavsiyalar

Taom va eguliklarga eng ko`p ishlatadigan mahsulotimiz bu kartoshkadir. Undan foydalanayotganda esa ayrim oddiy qoidalarga amal qilsak, bas!
• Kartoshka qaynatayotganda suvga 2-3 bo`lak sarimsoqpiyoz, piyoz yoki ozgina shivit qo`shsangiz, ta`mi yanada shirin bo`ladi.
• Kartoshka tez pishishi uchun suvga 1 osh qoshiq margarin qo`shing.
• Agar eski kartoshkalarni qaynatmoqchi bo`lsangiz, suvga sirka qo`shish foydali.
• Yangi kartoshkalar oson tozalanishi uchun ularni sovuq suvda yuving.
• Kartoshkalarni baland olovda qovurish ularning miqdorini kamaytiradi. Yaxshisi, yaxshilab suvini silqitib, biroz qurigach, o`rtacha olovda qovuring. Shunda sabzavotlar qizarib pishadi.
• Kartoshka bo`tqasiga qaynoq sut qo`shish lozim. Agar sovuq sut qo`shsangiz, egulik rangi xiralashadi.
• Kartoshkalarni archgach, ulardan tezda foydalaning. Bo`lmasa, qorayib qoladi. Agar kartoshkalarni avvaldan tayyorlab qo`yishingiz kerak bo`lsa, sellofan paketga o`rab, havo kirmasligi uchun og`zini mahkamlang.
Kartoshkalarni uzoq muddat saqlamoqchi bo`lsangiz, qopga olma mevasi qoqisidan solib qo`ying. Shunda sabzavot ildiz otib ketmaydi.






Bekajonlarga kartoshkani ishlatishda zarur bo`ladigan tavsiyalar haqida ma'lumot, Bekajonlarga kartoshkani ishlatishda zarur bo`ladigan tavsiyalar Android kitoblar, Bekajonlarga kartoshkani ishlatishda zarur bo`ladigan tavsiyalar haqida aforizmlar, Qaynoq yangiliklar, xabarlar,sherlar, statuslar, aforizmlar, ota ona haqida, sevgi haqida, ayriliq haqida, ajoyib hikoyalar, real voqealar,ta'sirli hikoyalar, android o'yinlar, apk kitoblar eng qiziqarli va foydali o'yinlar psixologik testlar o'ynash, va skachat qilish ko'chirish uchun bizning saytga tashrif buyuring
Другие материалы по теме:
|
|