Logotype
Главная | Регистрация | Вход Dushanba, 14.10.2019, 08:14


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

21:23

Bilib qo‘ygan yaxshi


Joylandi: 21.09.2019 | 21:23

«Yer aylana turib, quyoshga yaqinroq kelsa - yoz, uzoqlashsa — qish bo‘ladi» demang. Aksincha, qishda Yer quyoshga ancha yaqinlashgan bo‘ladi (masofa, yanvarda 146 million kilometrgacha kamayadi), yozda — uzoqlashib ketadi (masofaiyulda 151 million kilometrgacha cho‘ziladi). Demak,qish yoki yoz fasllari Yeming quyoshgayaqin-uzoqligiga bog‘liq emas. Mavsumlar — Yerning quyoshga nisbatan 23 yarim daraja og‘ib turishi natijasidir. Yeming aysi pallasi (shimoliy yoki janubiy yarimshari) Quyosh tomonda ekanligiga qarab yoz yoki qish bo‘ladi.

Arktikaga doir Shimoli-sharqiy o‘tkil va Shimoli-g‘arbiy o‘tkil tushunchalari bor. Shimoli-sharqiy o‘tkil deganda Rossiya Federatsiyasining shimoliy sohillari bo‘ylab Murmanskdan to Bering bo‘g‘ozigacha kema yurishi tushuniladi, uni qisqacha Shimoliy dengiz yo‘li deb ataymiz. Shimoli g'arbiy o‘tkil deganda Amerika qit’asining shimoliy sohillari bo‘ylab Atlantika okeanidan Bering bo‘g‘ozigacha dengiz yo‘li tushuniladi.

Har qanday davlatda hukumat idoralari poytaxtda joylashganini bilasiz. Biroq Filippinda bunday emas. Bu davlatning poytaxti Manila shahri hisoblanadi, ammo hukumat Keson-siti shahrida joylashgan. Niderlandiya poytaxti Amsterdam, hukumat qarorgohi esa Gaaga shahrida joylashgan.

Atlantika okeanidagi Madeyra oroli uch marta «kashf» etilgan. V asrda karfagenliklar u yerga borib, «Chorva oroli» deb atashgan. VI asrda genuyaliklar qaytadan «kashf» etib, unga «0‘rmon orol» deb nom berdilar. Oradan qariyb 900 yil o‘tgach XV asrda portugallar topgan orol Madeyra «o‘rmon» bo‘lib qoldi.

Antarktida va Grenlandiyadagi abadiy muzliklar eritilsa bormi, okeanlar sathi 60 metr ko'tarilib ketadi, oqibatda Yer yuzining 10 foizi qismi suv ostida qoladi.

Mavjud kitoblarda Indoneziyani «Uch ming orol mamlakati» deb atashadi. Aslida orollar soni 13 yarim mingga yetadi. Lekin shulardan 6 ming tasining nomi bor. 992 ta oroldagina odamlar yashaydi, xolos.

Kosmik raketalarda parvoz eta turib, 24 soat mobaynida butun Yer yuzasini fotosuratga olish mumkin. Holbuki bunday ishni bajarish uchun kamida 1000 ta samolyot kun-u tun havoda tinmay uchib turishi kerak bo‘lar edi.
Категория: Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar | Просмотров: 36 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт