
Bugungi munajjimlar bashorati 9-Noyabr

Qo‘y (21. 03-20. 04) Bugun tijoratchilar ertalabdanoq harakatga tushishsa, kechgacha bir haftalik savdoning foydasiga ega bo‘lishlari mumkin. Bunday imkoniyatni tadbirkorlar ham qo‘ldan chiqarmasliklari lozim. 9 noyabr kuni olis safarga chiqish muvaffaqiyatli kechadi. Oila qurmaganlar muhabbatga talpina boshlasalar, albatta omad kulib boqadi. Kechqurungi vaqtingizni sevimli mashg‘ulotingizga bag‘ishlang. Buzoq (21. 04-21. 05) 9 noyabr kunning birinchi yarmida barcha ishlarni tugating-u, yangi rejalarni amalga oshirishga kirishing, afsuslanmaysiz. Sizga do‘stlaringiz ham iltimos qilsangiz bajonidil yordam berishadi. Moliyaviy ahvolingiz ham to kechga qadar yaxshilanadi. Shaxsiy hayotda esa yaqin insoningiz bilan munosabat yuritish uchun ehtiyotkorlikdan unumli foydalaning. Egizaklar (22. 05-21. 06) 9 noyabr siz uchun sarguzashtlar va yoqimli uchrashuvlarga boy bo‘ladi. Yaqindagina sevgan kishisini yo‘qotgan, ayrilganlar bo‘lsa, bugun muhabbatingiz ortga qaytishi kutiladi. Ba’zilar kunning ikkinchi yarmida yangi lavozimga ega bo‘lishlari mumkin. Kun bo‘yi o‘z fikringiz emas, o‘zgalar fikriga ham quloq tutishga harakat qiling. Qisqichbaqa (22. 06-23. 07) 9 noyabr kuni siz yaxshigina islohotchiga aylanib qolgandek bo‘lasiz. Bunga qiziquvchilar ham ko‘payib, boshingizni qotirib tashlashi ehtimoldan xoli emas. Ishni mayda-yirikka ajratmay, astoydil ishlayvering, kechqurun daromadga ko‘zingiz tushganda, dilingiz yayrashi tayin. Kechqurun yaqinlaringiz bilan munosabatlarda xotirjamlikni qo‘ldan bermang. Arslon (24. 07- 23. 08) Har bir ishni 9 noyabr kuni juda kuchli bardosh bilan amalga oshirmasangiz, ko‘zlangan natijaga erisha olmasligingiz mumkin. Atrofdagilar bilan ham bugungi munosabatlaringiz sovuqqon kechishi kutiladi. Ammo sport bilan shug‘ullanishingiz, janjallarga barham berishingiz uchun 9 noyabr omadli kechadi. Asabni asrang va kechqurun ertaroq uxlashga yoting. Bugun tunda ko‘rgan tushingiz albatta o‘ngidan keladi. Parizod (24. 08-23. 09) 9 noyabr kuni ertalabdanoq ilgari ish masalasida yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatish bilan band bo‘lasiz. Ba’zilar yaqin insoni bilan qattiq janjallashib qolish ehtimoli bor. Moliyaviy muammolarni zinhor o‘zgalar gardaniga yuklamang, aybni o‘zingizdan qidiring. Agar yaxshilab o‘ylab ish tutsangiz, pulingiz kechgacha albatta ko‘payadi. Tarozi (24. 09-23. 10) Bugun tongda yaxshi kayfiyatda uyg‘onasiz. Tushga qadar xizmat yuzasidan shahardan tashqariga chiqib kelishingiz kutiladi. Ba’zilar olis safarga otlanishlari mumkin. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Jarohat olishingiz xavfi bor. Xususiy mulk, uy sotib olish, yangi uyga ko‘chish bugun omadli kechadi. Chayon (24. 10-22. 11) Tijoratchilar bugun arzimas xatoga yo‘l qo‘ysalar ham bir kunlik daromaddan ayrilib qolishlari hech gap emas. Raqobatchilardan biroz andoza olib yuborsangiz, daromadingizga daromad qo‘shilib, dilingiz yayrardi. Shaxsiy hayotingiz juda osuda kechadi. Janjallar, kelishmovchiliklar, tafovutlar ko‘zga tashlanmaydi. Faqat kechqurun salomatlik degan mavjudot borligini eslab qo‘ysangiz yomon bo‘lmasdi. O’qotar (23. 11-21. 12) Yulduzlar bugun sizga ishda ham, shaxsiy hayotda ham tanaffuslarni va’da qilmaydi. Asosiysi, muhim hujjatlar bilan ishlashda sergak bo‘ling va ishingiz kompyuter bilan bog‘liq bo‘lsa, tez-tez toza havoga chiqib kelishni unutmang. Atrofdagilar bilan bo‘ladigan suhbatlar sizga bir olam quvonch baxsh etadi. Moliyaviy masalada kechqurun ko‘nglingiz to‘ladi. Hoynahoy, kimdir sizdan olgan qarzini qaytaradi. Tog‘ echkisi (22. 12-20. 01) 9 noyabrya kuni kamgaproq odamga aylaning, shunday qilsangiz, ishlaringiz silliq bitadi, asabiylashmaysiz. Tadbirkorlar raqobatchilardan juda ehtiyot bo‘lishlari lozim. Kunduzi ba’zilar yangi uyga ko‘chib o‘tadi, yoki xususiy mulk xarid qilish uchun hujjat taxlash bilan band bo‘lishadi. O’zingiz yaxshi tanimaydiganlarga ishonch bildirmang. Ayniqsa, nuqul shaxsiy hayotingizga aralashaveradiganlardan nariroq bo‘ling. Qovg‘a (21. 01-19. 02) 9 noyabr kuni qovg‘a burjida tug‘ilgan ba’zi do‘stlar ilgarigidek yangi g‘oyalar bilan barchani hayratga solishmaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerakki, hamkasblar sizga shubhali nazar sola boshlaydi. Yulduzlar xuddi shu pozitsiyada kechgacha turib qolishni maslahat berishadi. Kechqurun o‘zingizni, dardingiz va tashvishlaringizni tushunadigan insonlar bilan hamsuhbat bo‘lasiz. Shamollash tahdid qila boshlashi mumkin, oldini olsangiz, afsuslanmaysiz. Baliq (20. 02-20. 03) Bugun baliq burji vakillari sadoqat masalasida imtihondan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. O’zingiz sevadigan inson sizni xiyonatda ayblashi mumkin, shubhali qarashi mumkin. Xuddi shunday vaziyatlarda sadoqatingiz mustahkamligini isbotlashingiz lozim bo‘ladi. Agar iloj topilsa, bugun ishdan ham, shaxsiy hayotdan ham sal nari bo‘lib dam olganingiz ma’qul. Omon bo‘ling!






Bugungi munajjimlar bashorati 9-Noyabr haqida ma'lumot, Bugungi munajjimlar bashorati 9-Noyabr Android kitoblar, Bugungi munajjimlar bashorati 9-Noyabr haqida aforizmlar, Qaynoq yangiliklar, xabarlar,sherlar, statuslar, aforizmlar, ota ona haqida, sevgi haqida, ayriliq haqida, ajoyib hikoyalar, real voqealar,ta'sirli hikoyalar, android o'yinlar, apk kitoblar eng qiziqarli va foydali o'yinlar psixologik testlar o'ynash, va skachat qilish ko'chirish uchun bizning saytga tashrif buyuring
Другие материалы по теме:
|
|