Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 19.02.2020, 02:13


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

13:55

Dvigatel ko‘p moy “eb” qo‘ysa

Joylandi: 29.05.2017 | 13:55

Avtomobil motori moyni ko‘p sarflab yuborayotgan bo‘lsa, avval quyidagi savollarga javob toping:
Avtomobilingizning bosib o‘tgan umumiy masofasi qancha?
Oxirgi marta qachon motorni ta’mirlatgansiz?
Agar bularni bilsangiz, ortiqcha moy sarflanayotganligi sababini aniqlash qiyin bo‘lmaydi.

Maqolamizda motor moy “eyishi” sabablariga to‘xtalamiz va buning oldini olish uchun maslahatlar beramiz.
Moy sarfini kamaytirish uchun avtokimyo
Eng kamchiqim yo‘li avtomobil kimyosi uslubidir. Ya’ni dvigatel moy iste’mol qilishini kamaytiradigan preparat (prisadka) sotib olish lozim. Birovlarning gapiga kirib цilindrga har xil neft mahsulotlarini quyish yaramaydi. Faqat sinalgan maxsus vositadan foydalanish kerak.
Ammo mo‘’jiza ro‘y bermaydi. Gap “prisadka”da ham emas, undan foydalanilgan vaqtdadir. Egasi mashina ko‘p moy “eb” qo‘yayotganini sezib qoladi, ammo unda kech bo‘lgan, moy chiqariluvchi halqaning rezinasi qattiqlashgan bo‘ladi. Afsuski, bu jarayonni ortga qaytarib bo‘lmaydi.
Biroq dvigatelni sozlab, moyni alishtirgandan so‘ng kimyoviy usulni qo‘llasa bo‘ladi.
Moy chiqariluvchi qalpoqchalar ortiqcha moy sarflanishining sababchisidir
Gaz taqsimlash tizimi klapanlaridagi moy chiqariluvchi qalpoqchalarning eyilishi motorning moy “eyishi”ning asosiy sabablaridan biri. Dvigateldan qancha uzoq foydalanilsa, qalpoqcha shuncha kuchsizlanadi, natijada moy vtulka ostiga oqib ketadi. Keyin esa yonish bo‘lmasiga o‘tib, kuyadi, tutaydi.
Moy chiqariluvchi qalpoqchalarni almashtiring, shunda motorni miridan sirigacha ta’mirlashning oldini olishingiz mumkin. Ayrim dvigatellarning цilindrlar blokiga tegmasdan moy chiqaruvchi qalpoqchalarni almashtirsa bo‘ladi, bunda ta’mir xarajati yanada ozayadi.
Porshenning halqasi edirilganmi?
Siquvchi (kompression) halqalar ikkita bo‘lib, цilindr devori va porshen orasidagi bo‘shliqni kamaytiradi. Buning hisobiga dvigatel quvvati oshadi. O‘z navbatida motor kuchida ham halqalarning roli bor.
Motor moyi цilindr yonidan oqib ketadi, siquvchi halqalar yog‘lanadi. Qoldiq moydan esa moy chiqariluvchi halqalarning cheti vositasida qutulinadi. Agar cheti edirilib ketgan bo‘lsa, motor ko‘p moy “eydigan” bo‘ladi.
Agar motor bir me’yorda qizisa va sovusa halqa yaxshi saqlanadi, dvigatel ortiqcha qizib ketsa, qayishqoqligi yo‘qoladi va tiklash imkoni qolmaydi. Faqat almashtirishni tavsif etamiz.
Sifatsiz moy tufayli
Motorga sifati past moy quyilsa, buning ustiga foydalanish muddatidan o‘tib ketsa, u dvigatel qismlariga o‘tirishi, yonib ketishi mumkin.
Moy o‘tirishi natijasida halqalar kokslanadi, ya’ni porshenga yopishib qolib, o‘z vazifasini bajarmaydi. Bu holda tegishli цilindrda yoki barcha цilindrlarda kompressiya kamayadi.
Boshqa moy quyamiz
Dvigatelingizga xususiyatlari mos kelmaydigan moy quysangiz ham ortiqcha sarflanishi mumkin. Qovushoqligi past moy mashinangizning dvigateli parametrlariga to‘g‘ri kelmasa, цilindrning ichida yonib ketadi. Qovushoqligi me’yoridan baland moy bo‘lsa, цilindr devorlarida qalin qatlamni yuzaga keltiradi. Buning yo‘li oson – dvigatelga to‘g‘ri keluvchi moydan quyish kerak.
Moyni to‘liq almashtirish kerakmi yoki ustiga quyish?
Moy ozayib qolaversa, siz ustiga yana va yana quyib to‘ldirasiz. Qachonki, to‘la almashtirish vaqti kelsa, o‘ylanib qolasiz: shartmi to‘la almashtirishim, tez-tez yangisidan quyib turdim-ku. Javob: to‘la almashtirishingiz shart. Chunki mashina ishlagan har bir soniyada moy dvigatelning ichki qismlarini qasmoqdan tozalaydi. Moy filtri va karter tagligini ko‘rib, bunga o‘zingiz amin bo‘ling. Eng asosiysi shundaki, qayta ishlangan mahsulotlar dvigateldan chiqib ketmaydi. Demakki, o‘z vaqtida moyni to‘la almashtirish shart.
Xulosa sifatida aytmoqchimizki, ortiqcha tejamkorlik qilmang, dvigatelga faqat o‘zingiz yaxshi bilgan firma moylaridan quying. Xasis ikki marta to‘laydi, deydilar. Bundan tashqari, qo‘shningiz quygan moydan quyishingiz shart emas, dvigatelingizga to‘g‘ri keluvchi moy quying.
Yana bir kichik maslahat. Dvigatelingizni ta’mirlatish narxini xomcho‘t qilayotganingizda ko‘pi bilan hisoblang. Chunki dvigatelni ochib va sochib qo‘ygan vaqtda mablag‘ etmay qolmasin, deymiz.

myauto26.ru asosida tayyorlandi

Manba: Carzone.uz
Категория: Avtomobil olami | Просмотров: 883 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Dvigatel, qo‘ysa, Moy, ko‘p, “eb” | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт