Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 19:08


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

16:45

EA Connested Watch – Fossil va Emporio Armani’dan aqlli soat


Joylandi: 29.10.2016 | 16:45

Fossil kompaniyasi Emporio Armani moda brendi bilan hamkorlikda EA Connested Watch nomli smart-soatni taqdim etdi. Soat klassik korpus dizayniga ega, ekrani aylana shaklda.
EA Connested Watch gadjeti Bluetooth orqali iOS va Android platformalarida ishlaydigan mobil qurilmalar bilan sinxronlanadi. Soatda qadamlar, sarflangan kaloriyalar, bosilgan masofa va uyqu holatini kuzatish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, smartfondagi musiqalarni masofadan boshqarish va qo‘ng‘iroqlar haqida xabardor bo‘lish mumkin.
Asosiy siferblatdan tashqari soatda ikkinchi vaqt mintaqasini kuzatish uchun qo‘shimcha kichik soat ham mavjud. Avtonom ishlash vaqti 6 oyni tashkil qiladi, biroq mazkur ma’lumot hali tasdiqlanmagan.
Smartphone.uanashrining yozishicha, yangi dizayndagi aqlli soatni 250 dollar evaziga xarid qilish mumkin. U to‘rtta rangda (qora, pushti, po‘lat va bronza) sotuvga chiqariladi. Shuningdek, 2017 yilda EA Connested Watch soatiga mo‘ljallangan timsoh terisidan ishlangan bog‘ichlar ham paydo bo‘lishi ma’lum qilingan.
Категория: Tehnologiyalar | Просмотров: 1804 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Armani’dan, VA, soat, EA, aqlli, watch, Connested, emporio, fossil | Рейтинг: 5.0/5

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт