Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 20:18


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

23:01

Endi “qora ro‘yxat”ga tushgan mobil qurilmaga yangi sim-karta o‘rnatilganda o‘g‘irlanganlig haqida xabar keladi


Joylandi: 30.03.2019 | 23:01

O‘zbekistonda 1-iyundan o‘g‘irlanganlik yoki yo‘qotganlik sababili “qora ro‘yxat”ga kirib qolgan qurilmalarni ishlatishning imkoni bo‘lmaydi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri. “

Qora ro‘yxat”ga kiritilgan mobil qurilmaga yangi sim-karta o‘rnatilganda, o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilganligi va egasiga qaytarish lozimligi haqida xabar keladi.

“Telefon sotib olishdan avval qurilma IMEI-kodi maqomini to‘g‘riligini – uzimei.uz saytidan yoki 1170 qisqa raqami orqali tekshirib tekshirib olish tavsiya etiladi. Buni istalgan mamlakatdan turib ham amalga oshirish mumkin. ‘Qora ro‘yxat’ga kiritilgan qurilmalar mamlakatimiz hududida va GSMA’ga a’zo kompaniyalar tarmoqlarida ishlatib bo‘lmaydi”, — deydi O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi bo‘lim boshlig‘i Shavkat G‘iyosev.

Ma’lumot uchun, hozirgi paytda GSMA bazasiga 43 mamlakatning 118 ta mobil operatori ulangan. Belgiya, Chili, Kosta-Rika, Kipr, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gana, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Malta, Norvegiya, Portugaliya, JAR, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Venesuela shular jumlasidandir.

Manba: Daryo.Uz

Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 890 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: ro‘yxat”ga, o‘rnatilganda, qurilmaga, tushgan, mobil, keladi, o‘g‘irlanganlig, endi, xabar, “qora, yangi, sim-karta, haqida | Рейтинг: 5.0/3

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт