Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 15.12.2019, 07:38


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

17:33

Er-Xotin Jinsiy aloqasining Foyda va zararlari


Joylandi: 16.10.2015 | 17:33

Er-xotinlikni uzviy bog'lovchi qovushish, ya`ni jinsiy yaqinlikda qanday tibbiy hikmatlar mavjud?

G'arb olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, erkaklarning uzoq umr kechirishi jinsiy hayotdan oladigan lazzatlanish miqdori bilan uzviy bog'liq emish.. Mutaxassislar buning sababini inzol paytida qonga lazzat gormonlari – endorfinlarning ko'proq miqdorda tushishi bilan bog'laydilar. Boshqa jismoniy faol harakatlar kabi me`yoriy jinsiy munosabat ham ziqlikni bartaraf etib, asab-ruhiy tizim va boshqa a`zolar faoliyatiga ijobiy ta`sir etadi. Albatta, ushbu o'rinda erkak kishining o'z xasmi haloli-rafiqasi bilan bo'lgan munosabati nazarda tutilmoqda. Zino esa, aksincha erlik kushandasi ekanligi shubhasiz.
Agar er-xotin o'rtasidagi jinsiy munosabat ikkovlarini ham to'laqonli qanoatlantiradigan darajada bir maromda, rejali tarzda muttasil amalga oshirilsa, uning quyidagi shifobaxsh jihatlaridan bahramand bo'lish mumkin:
Birinchidan, jinsiy munosabat faol jismoniy harakat bo'lganligi bois, kishi bir marotabalik intim yaqinlik davomida sportchining yarim soat shug'ullanganiga teng miqdordagi energiyani yo'qotadi. Bu esa, tanadagi ortiqcha yukni bartaraf etib, asr tahdidi bo'lgan semizlikning oldini oladi.
Ikkinchidan, yaqinlik paytidagi tananing faol harakatlari son, dumba, bel va tos mushaklari faoliyatini keskin kuchaytirib, undagi qon aylanishi, modda almashinuvi kabi ko'plab jarayonlarga ijobiy ta`sir etadi.
Uchinchidan, jinsiy yaqinlik uchun zaruriy biofaol testosteron moddasining ishlab chiqilishining kuchayishi bois, inson suyak-mushak tizimi mustahkamlanadi.
To'rtinchidan, boshqa jismoniy faollik talab etuvchi sport turlari kabi jinsiy munosabat ham qondagi immunoglobulin moddasi miqdorining ko'payishiga sabab bo'lar ekan. Shu tufayli ham bu toifa kishilarda turli yallig'lanish kasalliklari kamroq uchrashi kuzatilar ekan.
Beshinchidan, muntazam jinsiy munosabatni tark etmaslik ichki jinsiy a`zolar-prostata bezi, urug' pufakchalari, moyaklar kabilarda dimlanish holatining ro'y bermasligini ta`minlaydi. Natijada, orxit, prostatit, epididimit, vezikulit kabi noxush xastaliklarning oldi olinib, kelajakda jinsiy zaiflik kabi noxush dardlarga yo'l ochilmaydi.
Oltinchidan, to'laqonli jinsiy munosabat peshob qopchasi jom mushaklari mustahkamligini ta`minlaydi. Bu esa, qovuq bo'shligi kabi noxush holatlarning oldini oladi.
Yettinchidan, rejali, maromida olib borilgan jinsiy munosabat (agar o'ta zo'riqishga yo'l qo'yilmasa) yurak-qon tomir tizimiga sezilarli ijobiy ta`sir etadi.
Sakkizinchidan, boshqa jismoniy harakatlar kabi jinsiy yaiinlik ham tanadagi quvvatning yo'qotilishiga olib keladi. Bu hol esa, ishtahaning kuchayib, oshqozon – ichak tizimidagi hazm jarayonlarining ham me`yorlashuviga olib kelishi bilan benazirdir.
To'qqizinchidan, muntazam tarzda, rejali jinsiy hayot kechiruvchilarda barvaqt qartayish-klimaks holatining yengil o'tishi kuzatiladi. Goho esa, erkaklarda bu noxush davrning mutloq ro'y bermasligi aynan jinsiy faoliyatning maromida olib borilishi bilan bog'liqligi aniqlangan.
O'ninchidan, me`yoriy jinsiy munosabatda yashovchi er-xotinlarda o'sma (saraton) kasalliklarining keskin kam uchrashi ko'plab ilmiy manbalarda keltirilgan. ziyo-music.com saytidan olindi

Yuqoridagilarni keltirishdan maqsad jinsiy munosabatga harismandlikni aslo rag'batlantirish emas. Chunki, har bir insonga faqat o'ziga xos bo'lgan me`yor va imkon ato etilgan. Zero, jinsiy aloqaga behad ruju qo'yishning salbiy jihatlari haqida keyingi maqolalarda to'xtalish niyatidamiz. Misol uchun, ayrim g'arb olimlari ayoliga xiyonat qilishga odatlangan erkaklarning aksariyati go'yoki kuchli jinsiy quvvatga ega bo'lishlarini e`tirof etishadi. Zero, aynan o'sha zinokor toifalarda infarkt va insultdan vafot etish xavfi boshqalarga nisbatan 3-3,5 marotaba yuqoriligi allaqachon o'z ilmiy isbotini topgan.

Категория: Erkaklar uchun | Просмотров: 17166 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: yangi xabarlar, erkaklar uchun, yangiliklar, jinsiy aloqa haqida, android uchun programmalar, malumotlar, yangi programmalar | Рейтинг: 5.0/116

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт