Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 12.12.2019, 23:28


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

10:47

“Forsaj”ning navbatdagi qismi Qozog‘istonda suratga olinishi mumkin


Joylandi: 30.11.2019 | 10:47

Mashhur “Forsaj” filmining prodyuseri Nur-Sulton shahridan kartinaning navbatdagi qismi suratga olish uchun joy izlamoqda. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Universal Pictures kinokompaniyasi vakillari Qozog‘istonga kelib, filmning bir epizodini suratga olish uchun mo‘ljallangan joy bilan tanishdi.

“Albatta, qarorni prodyuserlar qabul qiladi. “Forsaj” filmi bo‘lmasa, boshqa loyihalarni amalga oshirish rejasi ham bor”, — deydi “Global siyosat tashabbuslari” kompaniyasi prezidenti Jey Fitluk. Shuningdek, kompaniya rahbari amerikalik kinokompaniyalar faqat siyosiy jihatdan mustahkam mamlakatlarga sarmoya kiritishini ta’kidlab o‘tdi.

Qozog‘iston davlat kinoni qo‘llab-quvvatlash milliy markazi boshqarma raisi Andrey Xazbulatovning aytishicha, “Forsaj” filmining bir epizodini Qozog‘istonda suratga olish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Film mualliflari Nur-Sultondagi poyga avtomobillariga mo‘ljallangan maydon bilan qiziqmoqda. Ammo hali hujjatlar rasmiylashtirilgani yo‘q.
Категория: Kinolar seriallar haqida ma'lumotlar / voqealar rivoji | Просмотров: 46 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: “Forsaj”ning navbatdagi qismi Qozog | Рейтинг: 0.0/0

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт