Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 26.01.2020, 08:34


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

20:13

Foto: Buxorolik yigit Habib Nurmagomedov bilan jang qilishni so‘rab, Prezident portaliga murojaat qildi


Joylandi: 07.01.2020 | 20:13

O‘zbekistonlik fuqaro O‘. O‘rinov UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang tashkil etib berilishini so‘rab, prezident portaliga murojaat qildi.

O‘rinovning Prezident ishonch telefoniga yo‘llagan murojaati aks etgan hujjat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

“Men Habib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchiman. Bu masalada hech qayerga murojaat qilmadim. Iltimos, menga shu imkoniyatni yaratib berishlarini so‘rayman. Habib kamarini halollab olsin. Meni ham, Habibni ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishlarini so‘rayman”, — deyiladi murojaatda.

Ma’lumot uchun, Habib 18-aprel kuni AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi. Unga Toni Fergyuson raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bu ko‘rinishdagi murojaatlar portalga birinchi marta yo‘llanayotgani yo‘q. Vaqtida Prezident portaliga er topib berish, davlat hisobidan shaxsiy mashina ajratish, IIBda zaxiradagi killer bo‘lish istagida bo‘lgan shaxslar ham murojaat yo‘llagan edi.
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 270 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Foto:, yigit, Habib, bilan, so‘rab, Buxorolik, qilishni, jang, murojaat, Nurmagomedov, portaliga, qildi, prezident | Рейтинг: 5.0/2

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт