Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 20:43


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

08:53

Frikadelka sho‘rva (Pazanda qizlar uchun)


Joylandi: 27.01.2016 | 08:53

 MASALLIQLAR
Sho‘rva uchun:

2 – 2,5 litr suv
2 ta kartoshka (mayda qilib to‘g‘ralgan)
1 osh qoshiq saryog‘
1 ta sabzi (qirg‘ichdan o‘tkazilgan)
0,5 ta katta piyoz (mayda to‘g‘rlagan)
tuz, murch (ta’bga ko‘ra)
3 – 4 osh qoshiq guruch
1 – 2 ta lavr bargi
ta’bga ko‘ra murch, ko‘k piyoz, ukrop, petrushka (mayda qilib to‘g‘ralgan)
Frikadelkalar uchun:

0,5 kg tovuq go‘shti (maydalagichdan o‘tkazilgan)
1 bo‘lak non yoki 1 piyola non uvog‘i
1/4 - 1/3 piyola sut
1 choy qoshiq tuz
1/4 choy qoshiq qora murch
1 ta tuxum
1/4 – 1/2 piyoz (qirg‘ich yoki maydaligichdan o‘tkazilgan)
                                                      TAYYORLANISHI:

                              Frikadelkali sho'rva
1. Suvni qaynash darajasiga olib keling.
2. Lavr bargi va ta’bga ko‘ra murch va tuz soling.
3. Kartoshkani solib, olovni o‘rta darajagacha pasaytiring.

                               Frikadelkali sho'rva
4. Alohida tovada sariyog‘ni eritib, piyozni soling. 1/4 - 1/3 choy qoshik tuz solib, ustini yopib, o‘rta olovda 3-5 daqiqa davomida piyoz shaffof rangga kirguncha qovuring. 
5. Sabzini soling va yana bir chimdim tuz sepib, ustini yopgan holda 2 – 4 daqiqa davomida qovurishda davom eting. 
6. Tayyor bo‘lgan aralashmani sho‘rvaga qo‘shing.
                               Frikadelkali sho'rva

7. Sutga non uvog‘ini qo‘shib, 5 daqiqa davomida uvog‘lar sutni shimib, yumshaguncha tindiring.
8. Uvog‘ga qolgan barcha masalliqlarni solib yaxshilab aralashtiring.
9. Sho‘rvaga guruchni qo‘shing (guruchni sho‘rvaga frikadelkalani solishdan oldin qo‘shiladi).
                               

10. Qo‘lingizni namlab, qiymadan yarim osh qoshiq kattaligida koptokchalar yasang va mildillab turgan sho‘rvaga solib chiking.
11. Olovni ko‘tarib bir qaynatib oling va yana pasaytirb, guruch va frikadelkalar yaxshilab pishguncha, yoki o‘rtacha 20 daqiqa, kaynatishda davom eting.
12. Tayyor bo‘lgan sho‘rvani ko‘katlar bilan bezatib, dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha.

Категория: Pazandalik sirlari | Просмотров: 5796 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: ovqat pishirish, shirin ovqat pishirish, ziyo-music.com, ovqatlar, oshxona pazandasi, pazandaxona, sho'rva tayyorlash, pazandalik sirlari | Рейтинг: 5.0/19

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт