Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 20:44


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

20:55

Hindistonlik biznesmen xodimlariga 1260 mashina va 400 kvartira sovg‘a qildi


Joylandi: 29.10.2016 | 20:55

Hindistonning olmos qiroli nomini olgan Savjibxay Dxolakia o‘zining eng yaxshi xizmatchilariga 1260ta mashina hadya qildi.

Mamlakatning Divali bayramida badavlat tijoratchi qo‘l ostidagilarga mashinadan tashqari 400 kvartira va turli qimmatbaho bezaklarni tortiq qilib serhimmatligini namoyish etdi.

“So‘nggi besh yil mobaynida ishlab chiqarishdagi mislsiz unumdorlik va xodimlarimizning fidokorligi uchun mukofotlar tortiq qilinmoqda”, dedi Hare Krishna Exports kompaniyasi boshlig‘i Savjibxay Dxolakia.

Jami 5500 xodim qimmatbaho tuhfalar bilan taqdirlanadi. Bunga kompaniya 7 mln dollar sarflaydi. Umuman olganda, Divali bayramida korxonalar o‘z xodimlariga sovg‘a berish urfga kirgan. Odatda, ko‘pchilik korxonalar shirinliklar tortiq qilish bilan cheklanadi. Ammo Hare Krishna Exports 2012 yildan boshlab avtomobilь sovg‘a qilishni boshladi. 2012 yilda xizmatchilarga 3 mashina hadya etilgan bo‘lsa, 2014 yilda 491 mashina va 207 kvartira in’om qilingan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1697 | Добавил: OMONXON | Теги: kvartira, VA, xodimlariga, biznesmen, 400, qildi, 1260, sovg‘a, Hindistonlik, mashina | Рейтинг: 5.0/7

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт