Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 18.09.2019, 09:52


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика

14:37

IFA 2019: Dunyodagi eng qudratli noutbuk taqdim etildi, videokartasining o‘zi 4000 dollar turadi!


Joylandi: 09.09.2019 | 14:37

Berlin shahrida o‘tkazilayotgan bu yilgi Internationale Funkausstellung Berlin (IFA 2019) ko‘rgazmasi noutbuklar premeralariga boy bo‘layotir. ASUS kompaniyasi ushbu tadbirga olib kelgan ProArt StudioBook One modeli esa insoniyat shu paytgacha yaratgan noutbuklarning eng kuchlisidir.

Mazkur laptop diagonaliga 15,6 dyuymlik 4K-displey bilan jihozlangan. Tasvir aniqligi 3840x2160 piksellik bo‘lib, ekranning yangilanish chastotasi 120 Gs.ga teng. Uning displeyi Adobe RGB rang makonini 100% qamrab olgan.



ASUS ProArt StudioBook One apparat ta’minoti 5 GGs.gacha takt chastotasida ishlovchi asosini to‘qqizinchi avlod Intel Core i9-9980HK protsessori tashkil etadi.

Eng baquvvat noutbukning tezkor xotirasi 32 gigabaytgacha bo‘lib, doimiy xotira sifatida 1 terabaytlik SSD-saqlagich o‘rnatilgan.



Lekin bu modelda eng asosiy qism bu – videokarta bo‘ladi. Noutbuk eng kuchli professional grafik tezlatgich – naq 24 gigabaytlik videoxotiraga ega Nvidia Quadro RTX 6000 videokartasi bilan ta’minlangan! Mazkur adapter Nvidia Turing arxitekturali yadrolarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, nurlarni real vaqt rejimida trassirovka qilib bera oladi. Shunday ekan, ushbu noutbuk yordamida eng zo‘r va zamonaviy kontentlarni yaratish mumkin, jumladan – 8K-video va virtual muhit kabilarni.



Hatto to‘la kuch bilan ishlaganida ham ProArt StudioBook One foydalanuvchining tizzasi va barmoqlarini kuydirib qo‘ymaydi. Unda issiqlikni samarali haydash maqsadida, markaziy va grafik protsessorlar korpusning qopqog‘iga joylangan. Qopqog‘ini ochishda uning ichki qismi ham yana 4.57 darajada yoyiladi, natijada havo aylanishi yaxshilanib, noutbuk yanada samarali sovitiladi.



ASUS ushbu mahsulotining narxini hali ma’lum qilmagan, lekin u juda qimmat bo‘lishi aniq. Axir, unga o‘rnatilgan Nvidia Quadro RTX 6000 videokartasining o‘zi deyarli 4000 dollar turadi-da! Terashop.uz internet-do‘konimizda esa, bunchalik kuchli bo‘lmasa-da, 2 425 000 so‘mdan boshlanuvchi turli noutbuklarni sotib olish mumkin.
Категория: Tehnologiyalar | Просмотров: 30 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 0.0/0

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт