Instagram'da izohlarni nazorat qilish imkoni paydo bo'ldi
Joylandi: 13.09.2016 | 06:46
Instagram fotoservisida izohlarni nazorat qilish uchun yangi funktsiya yo'lga qo'yildi. Foydalanuvchilar u yordamida o'zlari noo'rin yoki haqoratli deb bilgan so'zlarni belgilashlari mumkin bo'ladi. Bu haqida Instagram'ning rasmiy blogida ma`lum qilindi.Mazkur optsiya tufayli foydalanuvchi tomonidan taqiqlangan so'zlar izohlarda ko'rsatilmaydi. Yangi funktsiyani Instagram sozlamalarida faollashtirish mumkin, buning uchun ilovadagi"oltilik" belgisini bosish kerak. Servis ishtirokchilari o'zlari uchun mana shunday so'zlar ro'yhatini tuzib, ulardan to'g'ridan-to'g'ri foydalana olishadi. Yangilik mavjud moderatsiya vositalariga qo'shimcha sifatida kiritildi: Instagram'da avvalgidek izohlarni o'chirish, noo'rin izohlar haqida habar berish vaakkauntlarni bloklash mumkin. "Barcha foydalanuvchilarimizni havfsizlantirish uchun biz insonlarga hech qanday tanqid yoki haqoratni ko'rsatmay, o'zligini saqlab qolishiga sharoit yaratishimiz lozim", - deya ta`kidladi Instagram bosh direktori Kevin Sistorom. 12 sentyabrdan e`tiboran Android va IOS (9.3.) foydalanuvchilari yangi funktsiya asosida o'z sahifalaridagi izohlarni boshqarishlari mumkin bo'ladi.