Logotype
Главная | Регистрация | Вход Shanba, 04.04.2020, 09:51


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

10:12

Internet ikki oy tekin bo‘ladimi? «O‘zbektelekom» aniqlik kiritdi


Joylandi: 25.03.2020 | 10:12

Vazirlar Mahkamasi tomonidan kecha – 23 mart kuni «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 176-son qaror qabul qilindi. Uning to‘liq matni aks ettirilgan PDF formatli faylni huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z Telegram-kanalida e’lon qilgan.

Qarorda ta’kidlanishicha, Fuqarolar tomonidan Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun ikki oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu borada har xil fikrlar yozilayotgani, tushunmovchilik holatlari yuzaga kelayotganini kuzatish mumkin. «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi shu masalaga aniqlik kirituvchi quyidagi xabarini e’lon qildi:

* * *

Hurmatli abonentlar (Jismoniy shaxslar)!

Respublikamiz bo‘ylab koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar doirasida, amalga kiritilgan karantin vaqtida aholini ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida, yashash joyida telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi barcha sharoitlarni yaratmoqda. Shu jumladan, Kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori, 2-bandi, 7-xatboshiga ko‘ra, ikki oy davomida fuqarolar UZTELECOM savdo belgisi ostida ko‘rsatiladigan Internet va telefon aloqasi xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lmagan abonentlar uchun xizmat ko‘rsatish to‘xtatilmasligini e’lon qilamiz. Bunda siz foydalanayotgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lov hisoblanadi, lekin xizmat ko‘rsatish to‘xtatilmaydi.

Shu bilan birga, debitorlik qarzi yuzaga kelishining oldini olish maqsadida ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz so‘raladi.

Hurmatli abonentlar, uyingizdan chiqmagan holda, foydalanayotgan telekommunikatsiya xizmatlari hisobini to‘ldirishingiz uchun «MyUztelecom» mobil ilovasidan yoki boshqa onlayn to‘lov tizimlaridan foydalanishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Biz siz uchun xizmat ko‘rsatamiz, siz biz uchun uyda qoling!

* * *

Ya’ni, «O‘zbektelekom» ta’kidlashicha, internet xizmatlari bepul bo‘lmaydi – ulardan foydalanganingiz hisoblab boriladi. Faqat shu ikki oy davomida to‘lovni amalga oshirmasangiz ham sizni tarmoqdan uzib qo‘yishmaydi. Xizmatlardan foydalanganingiz haqini keyinchalik to‘lasangiz ham bo‘ladi – qulaylik shundan iborat.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 191 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Internet ikki oy tekin bo‘ladimi? « | Рейтинг: 5.0/4

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт