Logotype
Главная | Регистрация | Вход Dushanba, 27.01.2020, 05:24


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

07:39

KAMQONLIKNING OLDINI OLING!


Joylandi: 12.11.2015 | 07:39

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 40% aholisi kamqonlikdan aziyat chekib, shulardan 75% temir tanqisligi tufayli yuzaga kelar ekan.

Kamqonlik haqida ko‘p gapirilsa-da, u bilan xastalanayotgan odamlarning safi kamaymayotganligi jamiyat oldida turgan dolzarb muammolardan biri. Turli kasalliklarga yo‘l ochib beruvchi kamqonlik haqida bolalar shifokori Muattar Yo‘ldoshevani suhbatga tortdik.



– Ma’lumki, kamqonlik tanada temir moddasining yetishmasligi natijasida paydo bo‘ladigan xastalikdir. Ayting-chi, organizmda temir moddasi tanqisligiga nima sabab bo‘ladi ?

– Kamqonlik tanaga yetarli miqdorda oziq-ovqat bilan temir moddasi tushmasa yoki tanaga tushgan temir moddasi ayrim ichak kasalliklari tufayli yaxshi so‘rilmasligi natijasida paydo bo‘ladi. Bu kasallik bilan aksariyat hollarda bolalar va ayollar kasallanadilar. Chunki ularda temir moddasiga bo‘lgan ehtiyoj erkaklarga nisbatan 3-5 marta yuqori.

– O‘smir yoshidagi bolalarda kamqonlikni qanday sezish mum-kin?

– Kamqonlikdan aziyat chekadigan bolalar, odatda jismoniy va aqliy rivojlanish borasida o‘z tengqurlaridan orqada qoladilar. Ularda tez toliqish, xastalanishlar, erinchoqlik kabi holatlar kuzatiladi.

– Kamqonlikning qanday qilib oldini olish mumkin?

Kamqonlikning oldini olish qiyin emas. Buning uchun temir moddasiga boy bo‘lgan ovqatlarni muntazam ravishda iste’mol qilinsa kifoya.

Kamqonlikning oldini olishda uch turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini:

– dukkaklilar (loviya, no‘xat, mosh) va jo‘xori;

– go‘sht va baliq mahsulotlari;

– sabzavot, meva va ko‘katlar (yangi uzilgan yoki quritilgan holda) iste’mol qilish kerak.

Agar go‘sht va baliq bo‘lmasa, sabzavot, meva, ko‘katlar, dukkaklilar va guruch bilan ham uning o‘rnini bosish mumkin. Taqdim etilgan 3 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining hech bo‘lmaganda ikkitasi ovqat ratsioningizdan albatta o‘rin olishi zarur.
Категория: Salomatlik sirlari | Просмотров: 5271 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: kamqonlikni oldini olsa bo'ladimi?, salomatlik sirlari, kamqonlikni oldini olish, kamqonlik haqida, foydali maslahatlar | Рейтинг: 5.0/19

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт