 Joylandi: 27.09.2016 | 21:13
Germaniyalik Bodo Shefer 16 yoshida tug‘ilgan shahri Kelndan bir dunyo orzu-umidlar bilan AQShga, Kaliforniyaga jo‘nadi. Bir o‘zi, na mablag‘, na ma’lumoti bor, boz ustiga inglizchani ham tuzukroq tushunmasdi.
Begona mamlakatda o‘z o‘rnini topish uchun urindi-chirandi, ammo oradan 10 yil o‘tib yo‘l qo‘ygan xatolari oqibatida ishi orqaga ketib, 75 ming dollar qarz bo‘lib qoldi.
Salkam 3 yilda amerikalik murabbiyi yordamida Shefer hayotida ilk bor 100 ming dollar ishlab topdi. Shundan so‘ng mablag‘ini ko‘paytirib, millionga yetkazdi va o‘zi ham biznes sohasida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga qodir ajoyib maslahatchiga aylandi. Sheferning badavlat bo‘lish va kasodga uchramaslik borasidagi 7 qoidasi qo‘yidagilardan iborat.
- Daromadingizdan 25% va sof foydadan 50 % ni alohida yig‘ib boring.
To‘plagan mablag‘ingizni kelajagi bor ishlarga tikishga harakat qiling. Bankdagi mablag‘ingiz sizga daromad keltirmaydi, pul qadrsizlanishidan saqlaydi, xolos.
- Iqtisod qiling.
Tejash va mablag‘ tikish orqali bir necha yil davomida milionerga aylanish mumkin. Hoyu-havaslarga berilish sizni hech qachon badavlat qilolmaydi.
3.Pullarni yaxshi ko‘ring.
Pullarimizga nisbatan yomon munosabatda bo‘lish omadsizligimiz omillaridan biri. Ularni asrang. “Hayot lazzatlaridan bebahra bo‘lish kerak”, deb aytayotganimiz yo‘q, bor-yo‘g‘i har narsada ham me’yor kerakligini eslatmoqchimiz.
- 7-10 yilga mo‘ljallangan moliyaviy rejangizni tuzing.
Nimaga intilayotganingiz, bir, uch, besh yildan keyin qancha ishlab topmoqchi ekanligingiz va buning uchun nimalarni amalga oshirishingiz lozimligini aniq belgilab oling.
- Orzularingiz mayda bo‘lmasin, keng fikrlang.
Millionlar, kerak bo‘lsa, milliardlar va ulkan muvafaqiyat haqida orzu qiling. Katta orzuni kichik maqsadlarga bo‘ling va qadam-baqadam ularga erishib boring.
- Fikrlashingiz milliarder yoki millionerlarniki kabi bo‘lsin.
Badavlat kishilar kabi fikrlashga, mushohada yuritishga harakat qiling.
- O’zingizga ishoning.
Odamlar va pullarni o‘ziga ishongan kishilar jalb etadi. Hatto ishlaringiz yurishmayotganda ham o‘zingiz va muvaffaqiyatingizga ishonchingizni yo‘qotmang (26 yoshimda kasodga uchrab, bor-budimdan ajralganman, ammo hayot zarbalaridan esankiramay, oyoqqa turish va millionerga aylanishga o‘zimda kuch topa oldim).
Omadingizni bersin!
|