Logotype
Главная | Регистрация | Вход Chorshanba, 11.12.2019, 11:32


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

22:16

Kemtiklar - Tushkunlik


Joylandi: 02.11.2015 | 22:16

Hammamizga tanish holat – kamida bir marta bo’lsa ham unga duch kelganmiz. Uning qanday yoqimsiz holat ekanini juda yaxshi bilamiz. Ba’zilarimiz undan azbaroyi qo’rqadilar. Har holda, undan uzoqroq yurishga intilamiz.

Tushkunlik – hayotiy quvvat pasayib ketganda yuzaga keladi. Omadsizlikka uchragan yoki uzoq payt katta ruhiy zo’riqishga duchor bo’lgan odamda tiriklik quvvati keskin pasayadi va unda hamma narsaga qiziqish so’nadi. U hatto kamharakat bo’lib qoladi.

Ko’pchilgimiz tushkunlik (yoki depressiya) holatini sof psixologik muammo deb o’ylaymiz. Aslida esa tushkunlik – g’irt fiziologik (ya’ni jismoniy) salomatlik buzilishi. Buzilishi ham emas – tananing hayotiy quvvat zahirasiga jiddiy zarar yetishi mumkinligi haqida ishorasi.
Biz muhimlik, komplekslar va qo’rquvlarga katta energiya sarflab qo’yib, quvvat zahiramizni tushirib yuborganimizda tanamiz atayin bizdagi g’ayrat-shijoat oqimlarini kamaytira boshlaydi. U hayotiy quvvat ortiqcha narsalarga sarflanishini kamaytiradi va uni eng muhim vazifalarga yo’naltiradi. Shuning uchun tushkunlikdagi odam o’zini juda holsiz his etadi.

Bizning immunitetimiz shunday tuzilganki, tanaga biror hastalik soya solsa, u tananing jismoniy faolligini kamaytiradi. Buning natijasida tejalgan quvvatni esa kasallikni bartaraf etishga yo’naltiradi. Organizm bu usuldan nafaqat tashqi ta’sirlardan – balki odamning ichki ruhiy holati buzilishidan kelib chiqadigan sog’lik muammolarini hal qilishda ham foydalanadi.
Lekin men sizga tushkunlikning boshqa bir qiziq fazilati haqida aytib bermoqchiman. O’z-o’zicha u hayotiy quvvat pasayishi natijasi bo’lgani sababli tushkunlik muhimlikni tushurish xislatiga ega. Tushkunlikka tushgan odam avval asossiz katta ahamyat bergan narsalarga boshqacha munosabatda bo’la boshlaydi.

Boshqacha qilib aytganda, tushkunlik inson uchun haqiqatan ahamyatga ega qadriyatlarni soxta muhimlikka belangan narsalardan ajratib berishga qodir. Tushkunlik ta’sirida biz nohaq ravishda katta ahamyat berib yuborgan narsalar fosh bo’lib qoladi – asl qadriyatlar esa o’z mavqeini saqlab qoladi. Tushkunlikning shaxsiy o’sishga qo’shadigan xissasi ana shunda.
Lekin odamlar orasida tushkunlikni yengib o’tishga qaratilgan ba’zi usullar borki, ular vaziyatni faqat og’irlashtiradi. Ko’pincha, tushkunlikka tushgan odamga biror nima bilan chalg’ishni maslahat beramiz. Bu maslahatga ergashganlar esa bir muhimlikdan qutulib, boshqasiga tutiladilar. Oilasida muammolarga duch kelgan kishi, shu diqqatpazliklardan chalg’ish niyatida ishiga zo’r beradi – ya’ni shug’ullanayotgan ishining ahamyatini sin’iy ko’tarishga urinadi.
Bunda eskilari o’rniga yaratilgan yangi muhimlik hayotiy quvvatni sovurishda davom etadi va odam yana ham chuqurroq tushkunlikka tushib qolish havfi ostida qoladi.

Chalg’ish usuli faqat birgina holatda chindan samara berishi mumkin: odam chalg’ish uchun tanlagan mashg’uloti unga zavq bag’ishlashi lozim. Tushkunlikdan chiqish uchun boshqa narsalarni bir muddatga chetga surib qo’yib, sevimli mashg’uloti bilan ovungan odam ancha tez hayotiy quvvatini tiklab oladi.

Faromushlik (yoki melanxoliya) – tushkunlikning jiddiy avj olgan ko’rinishi. Bunda odam omadszilikdan aziyat chekkani yetmaganday, bunda o’zini aybdor ham his qiladi. Aybdorlik tuyg’usiga moyilligi bor odamlarda har qanday yengil tushkunlik ham faromushlikka aylanib qolishi mumkin. Melanxoliya oddiy tushkunlikka qaraganda uzoqroq davom etadi.

Mutassil tushkunlikka ikki xil sabab bo’lishi mumkin: yoki odam aybdorlik tuyg’usiga berilib, tushkunlikni melanxoliyaga o’tkazib yuboradi; yoki odam tabiati pessimizmga moyil bo’ladi. Birinchi holatda kishi tushkunlikni o’z aybining jazosi sifatida qabul qiladi va unga ko’nadi. Ikkinchi holatda esa odam hayotdan mamnun yashash uchun hech bir sabab yo’qligi haqidagi o’z nisbiy haqiqatini tasdiqlab turish uchun atrof dunyodan faqat salbiy belgilarni axtarib yuradi. Har ikki holatda ham odam tushkunlikka qarshi kurashmaydi va u istagancha davom etaveradi.

Tushkunlikka tushgan odamga eng yaxshi yordam – uni yolg’iz qoldirmaslik. Hayotiy quvvati pasaygan odam muhimlik hokimi bo’lgan aqli bilan yakka qolishi mumkin emas. Zaiflashgan ximoyadan foydalanib aql bunda odamda aybdorlik tuyg’usi yoki afsus hissini uyg’otishga harakat qiladi. Bu tuyg’ular tushkunlik yana ham avj olib ketishiga sabab bo’ladi.

Undan tashqari, tushkunlikdagi odamni bir imkon qilib uni qiynayotgan muammolar haqida gapirtirish lozim. Odam jim hayol surgandan, gapirayotganda oydinroq fikr yuritadi. Oddiy hayol surishda miyaning kichik bir qismi ishtirok etsa, nutqda uning juda ko’p bo’laklari tengdaniga faol bo’ladilar (tovush, qo’l harakatlari va yuz ifodasini boshqarib turadigan, xotiradan so’zlarni olib, ularni jumlalarga birlashtiradigan funkciyalar shunchaki hayol surishda ishtirok etmaydi).
Boshqa odamga o’z dardlarini gapirar ekan, tushkunlik qurboni masalaning u avval e’tibor bermagan tomonlarini ko’rib qoladi, ba’zida esa muammoning yechimi ham oydinlashib qoladi. Bunda tinglovchi hatto hech bir fikr bildirmasa ham, odam o’z muammolarini og’zaki bayon qilib, o’zi chiqish yo’lini topadi.

Psixolog va psixoterapevtlarning eng asosiy quroli – tinglay olish qobilyatidir. Bu ko’nikmasiz ushbu sohada biror natijaga erishish qiyin. Ular yordam so’rab murojat etgan har qanday odamni avvalo hamma gaplarini eshitib ko’radilar. Shuning o’zi muammoning yarmini hal qilib qo’yadi. Eng uddaburon psixologlar esa mijozni gapirtirib qo’yib, uni asta-sekin yechimga yo’naltirib turadilar, xolos.

Tushkunlik – hamma narsani tashlab qo’yib, ularga uzoqdan sergak nazar tashlab olishga bir imkoniyat. Tabiiy ximoya tadbiri sifatida kelib chiqadigan bu holatdan aynan muhimlikni oshirib qilingan xatolarni ko’rib chiqish uchun foydalana bilish darkor. Bu kuzatuvlar natijasida sizda tushkunlik tabiati haqida aniq tasavvur hosil bo’ladi va siz uni ham shaxsiy rivojlanish uchun safarbar qilishni o’rganasiz.
Albatta, iloji bo’lsa, tushkunlikka umuman tushmagan ma’qul. Buning iloji bor ham – bunda siz bilan biz yaxshi bilgan amal qo’l keladi: muhimlikni nazoratda tutib, siz o’zingizni tushkunlik kabi holatlardan sug’urta qilgan bo’lasiz. Muhimlikni boshqara bilgan odam nafaqat o’zini – boshqalarni ham tushkunlik domidan osongian olib chiqib keta oladi. Kuchli shaxsning yaratuvchanlik qudrati ana shunda.

Категория: Erkaklar uchun | Просмотров: 2558 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: super sayt, psixologiya, tushkunlikdan qutulish yo'llari, yangi yaxshi yangiliklar | Рейтинг: 5.0/27

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт