
Ko'z yoshlar ko'p dardlarni davolaydi

Olimlarning ta’kidlashlaricha, ho‘ngrab yig‘lash tufayli, yengil tortishimizga his-hayajonlarimizning bosilishi emas, balki ko‘z yoshlarning kimyoviy tarkibi sabab bo‘lar ekan. Odam his-hayajonga to‘lib toshganda miyadan stress gormonlar ajralib ko‘z yoshlari tarkibiga singadi. Demak, asab qattiq buzilganda hosil bo‘ladigan moddalarni ko‘z yoshlar chiqarib tashlaydi. To‘yib yig‘lab olgan odam tinchlanadi va hatto o‘zini tetik his qiladi. Shunday odamlar borki, dardini ichiga yutadi, hech yig‘lamaydi. Shuning uchun, ular uzoq vaqt tushkunlikka tushib yuraveradilar. Kayfiyati yaxshi bo‘lmaydi. Bu esa, ko‘p tarqalgan psixologik, ya’ni ruhiy kasalliklarga sabab bo‘ladi. Yana bir qiziq ma’lumot odam yig‘laganda yuzning 43 ta mushagi ishlaydi, kulganida esa bor-yo‘g‘i 17 ta… Qadim zamonlarda slavyanlar eri bor ayollarning ko‘z yoshlarini idishga yig‘ib, atirgul suviga aralashtirib, jarohatlarni davolaganlar. Vizantiya va fors ayollari yaralangan askarlarni ko‘z yoshlari bilan davolaganlar. Buning siri shundaki, ko‘z yoshida mikrobga qarshi oqsillizotsim bo‘ladi, u baeteriyalarni bemalol o‘ldiradi va xavfli infektsiyaning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘z yoshi ko‘zni yaxshi ko‘rish uchun yordam beradi. Ko‘z pardasi muttasil ravishda bezlardan tushib turadigan yoshlardan tozalanib turadi. Bakteriyalarga qarshi kurashishdan tashqari, qon aylanishi bo‘lmagan muguz pardasi uchun kislorod va oziq moddalarini yetkazib beradi. Ko‘z yoshlari bir maromda tarqalishi uchun qovoqlar vaqti-vaqti bilan ochilib-yumilib turadi. Kiprik qoqar ekan, ko‘z olmasining ustini namlantiradi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ko‘z doimo yig‘laydi. Shuncha suyuqlik ishlab chiqarish uchun ko‘z yoshi bezlari kechasi-yu kunduzi tinmay ishlaydi. Ko‘proq ayollar, kamroq erkaklar mumtoz musiqa, ta’sirchan, fojiali kinofilmlarni ko‘rganlarida o‘zlarini tuta olmay, yig‘laydilar. Shu vaqtda hosil bo‘ladigan suyuqlik garchi organizmdan zararli narsalarni chiqarib tashlamasa-da, biroq ortiqcha adrenalinning ta’sirini qirqadi. Adrenalin miqdori juda qo‘rqqanda oshib ketadi. Qattiq kulganda ko‘zdan yosh chiqishi mexanizmi ham xuddi shunday. Piyozni to‘g‘raganda, juda issiq choy ichganda, ko‘zga narsa tushganda yoshlanishi ancha chuchuk bo‘ladi. Shuni bilib qo‘yish kerakki, ko‘z yoshi ko‘z pardasini yetarlicha namlamasa, nerv tolalilari shu ondayoq «ko‘zga xas tushdi, shekilli» deb «xabar beradi. Ko‘z qizaradi, yallig‘lanadi. Ba’zan ko‘z yoshining yetishmasligiga, ba’zi moddalar — antigistamin va gentidepressantlarning ta’siri sabab bo‘ladi. Ko‘pgina kontratseptivlarni ichish «kuruqshagan ko‘z» sindromiga sabab bo‘ladi. Hayzdan qolayotgan, ya’ni klimaks davrida deyarli ko‘z yoshi kamayadi, lekin menopauza boshlanishi bilan o‘tib ketadi. 55 yoshdan keyin 20% odamda ko‘z quruqlashadi. Yarim kechagacha kompyuter oldida o‘tiradigan odamlar ham ko‘zlari achishishi, quruqshaganidan shikoyat qilishadi. Konditsoner ishlab turgan xonada ham ko‘z yoshi yetishmaydi, kontakt linza taqadigan odamlarning deyarli hammasi «quruqshagan ko‘z» sindromidan aziyat chekadi. Qariganda bleparoplastika – qovoq terisini torttirish ham shunday ta’sir qiladi. Shunday hollar ro‘y berganda, ko‘z shifokoriga borib, maslahat olib, albatta davolanish kerak. Muallif: Shohida DADAMUHAMYeDOVA Manbaa: Sihat-salomatlik jurnali






Ko'z yoshlar ko'p dardlarni davolaydi haqida ma'lumot, Ko'z yoshlar ko'p dardlarni davolaydi Android kitoblar, Ko'z yoshlar ko'p dardlarni davolaydi haqida aforizmlar, Qaynoq yangiliklar, xabarlar,sherlar, statuslar, aforizmlar, ota ona haqida, sevgi haqida, ayriliq haqida, ajoyib hikoyalar, real voqealar,ta'sirli hikoyalar, android o'yinlar, apk kitoblar eng qiziqarli va foydali o'yinlar psixologik testlar o'ynash, va skachat qilish ko'chirish uchun bizning saytga tashrif buyuring
Другие материалы по теме:
|
|