
Ko’k choy keksalarga foydali

Ko’k choyning salomatlikka foydasi borasida ko’plab ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan. Ushbu ichimlikni muntazam ichib turish osteoporoz, insult va kognitiv buzilishlar kabi keksalarda uchraydigan kasalliklar profilaktikasida ijobiy ta’sirga egali ekan.
Tokiodagi Oliy tibbiyot maktabi olimlari tadqiqot o’tkazib, doimiy ko’k choy ichish keksalardagi funksional nogironlik, ya’ni vanna qabul qila olmaslik, sayrga chiqa olmaslik, uyda boshqalarning yordamisiz biror ishni bajara olmaslikda yordam berish-bermasligini o’rganishdi.
Olimlar uch yil davomida 65 yosh va undan katta 13 ming nafar kishilar o’rtasida so’rovnoma olib borishdi. Barcha ma’lumotlar to’planib (jumladan, ovqatlanish va hayot tartibi, salomatlik holati), tahlil qilingach, muntazam ko’k choy ichadiganlar faolroq ekani, ularda funksional imkoniyatlar bilan boғliq muammolar kamroqligi ma’lum bo’ldi. Kuniga kamida 5 piyola ko’k choy ichganlarning faqatgina 7 foizi o’zlaridagi funksional buzilishlar haqida ma’lum qilgan.
Tadqiqotchilar har kuni ko’p miqdorda ko’k choy ichish funksional buzilishlarga barham beradi, degan qat’iy to’xtamdan yiroq bo’lishsa-da, lekin ushbu ichimlikning bu borada foydasi borligi aniqligini aytishmoqda. Odatda ko’k choyning shifobaxsh xususiyati uning tarkibidagi antioksidantlar bilan izohlanadi. Ular hujayralarni zararlanishdan saqlaydi.






Ko’k choy keksalarga foydali haqida ma'lumot, Ko’k choy keksalarga foydali Android kitoblar, Ko’k choy keksalarga foydali haqida aforizmlar, Qaynoq yangiliklar, xabarlar,sherlar, statuslar, aforizmlar, ota ona haqida, sevgi haqida, ayriliq haqida, ajoyib hikoyalar, real voqealar,ta'sirli hikoyalar, android o'yinlar, apk kitoblar eng qiziqarli va foydali o'yinlar psixologik testlar o'ynash, va skachat qilish ko'chirish uchun bizning saytga tashrif buyuring
Другие материалы по теме:
|
|