Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 20:25


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

06:54

La Liga. “Eybar”ni yenga olmagan “Real Madrid” “Atletiko”dan ortda qolishni boshladi, Grizmann penalti ura olmadi (video)


Joylandi: 03.10.2016 | 06:54

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 7-turida Madridning “Real” klubi 2 ochko yo‘qotdi. “Santyago Bernabeu”da “Eybar”ni qabul qilgan Zidan jamoasi 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Foto: Getty Images Mavsumni ketma-ket 4 ta g‘alaba bilan boshlagan “Real” so‘nggi ikki turda “Vilyarreal” va “Las- Palmas” klublarini ham mag‘lub eta olmagandi. Shuningdek, Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turida Dortmundda ham 2 ochko boy berilgandi.
“Real”ning ochko yo‘qotishidan unumli foydalangan “Atletiko” turnir jadvalida to‘plar nisbatiga ko‘ra 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Valensiya” maydoniga tashrif buyurgan Simeone jamoasi 2 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Chempionlar Ligasi doirasida “Bavariya” darvozasini penaltidan ishg‘ol qila olmagan Antuan Grizmann “Valensiya”ga qarshi o‘yinda ham 11 metrlik imkoniyatni ko‘kka sovurdi. 69-daqiqada belgilangan penaltiga esa Grizmann yaqinlashgani yo‘q. Bu vazifani ado etgan Gabi ham darvozabon Diyego Alves bilan duelda yengildi. Avvalroq Diyego Alves penalti qaytarish borasida La Liganing eng yaxshi posboni bo‘lib olgandi. “Atletiko”ga qarshi o‘yinda esa u o‘z muvaffaqiyatlarini yana ikkitaga yaxshilab oldi. Foto: Getty Images 7-turda “Barselona” 3 ochkoni qo‘lga kiritsa, ochkolar soni bo‘yicha Madrid jamoalaridan ilgarilab ketadi. Ispaniya La Ligasi 7-tur uchrashuvlari 30-sentabr, juma “Real Sosyedad” — “Betis” 1:0 Gol: Karlos Vela, 63 (1:0). 1-oktabr, shanba “Granada” — “Leganes” 0:1 Gol: Aleksandr Shimanovski, 76 (0:1). “Sevilya” — “Alaves” 2:1 Gollar: Vissam Ben-Yedder, 74 (1:0). Viktor Laguardiya, 84 (1:1). Vissam Ben- Yedder, 90+1 (2:1). “Osasuna” — “Las- Palmas” 2:2 Gollar: Roberto Torres, 7- pen (1:0). Serxio Leon, 45+2 (2:0). Visente Gomes, 57 (2:1). David Garsiya, 90+1 (2:2). “Deportivo” — “Sporting” 2:1 Gollar: Selso Borxes, 35 (1:0). Serxio Alvares, 65 (1:1). Rayan Babel, 90+2 (2:1). 2-oktabr, yakshanba “Valensiya” — “Atletiko” 0:2 Gollar: Antuan Grizmann, 63 (0:1). Kevin Gameyro, 90+3 (0:2). Noaniq penaltilar: Antuan Grizmann, 44 (A). Gabi, 69 (A). “Real” — “Eybar” 1:1 Gollar: Fran Riko, 6 (0:1). Garet Beyl, 17 (1:1). “Malaga” — “Atletik” “Espanyol” — “Vilyarreal” “Selta” — “Barselona”

Manba biggrin aryo.uz
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 1104 | Добавил: αzιzshox95 | Рейтинг: 5.0/3

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 3
avatar
0
1 αzιzshox95 • 06:56, 03.10.2016
Manba:daryo.uz
avatar
0
2 αzιzshox95 • 07:08, 03.10.2016
avatar
0
3 αzιzshox95 • 07:11, 03.10.2016
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт