
“Lokomotiv”ning 4 nafar a'zosi milliy terma jamoamiz yig'iniga chaqirildi

Mundial-2018 sari odimlayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni safarda Janubiy Koreya termasiga qarshi uchrashuv o'tkazadi.
Ushbu o'yinga tayyorgarlik doirasida esa 10 noyabrda poytaxtimizda Iordaniya bilan ham o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushish ko'zda tutilgan .Mazkur uchrashuvlarga tayyorgarlikni bugundan boshlagan terma jamoamiz safiga “Lokomotiv”ning 4 nafar a'zosi ham jalb etildi.
Bular – darvozabon Ignatiy Nesterov, himoyachi Islom To'xtaxo'jaev hamda yarim himoyachilar Server Jeparov va Marat Bikmaevlardir.
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi bugundan yig'inga kirishdi.
“Lokomotiv” vakillari ham bugundan bosh jamoamiz ixtiyoriga borib qo'shilishdi. Ularga omad tilaymiz va ishonamizki, “Temiryo'lchilar” ham bosh jamoamizning safardagi muhim uchrashuvdan ijobiy natija bilan qaytishida o'z munosib xissalarini qo'shishadi.






“Lokomotiv”ning 4 nafar a'zosi milliy terma jamoamiz yig'iniga chaqirildi haqida ma'lumot, “Lokomotiv”ning 4 nafar a'zosi milliy terma jamoamiz yig'iniga chaqirildi Android kitoblar, “Lokomotiv”ning 4 nafar a'zosi milliy terma jamoamiz yig'iniga chaqirildi haqida aforizmlar, Qaynoq yangiliklar, xabarlar,sherlar, statuslar, aforizmlar, ota ona haqida, sevgi haqida, ayriliq haqida, ajoyib hikoyalar, real voqealar,ta'sirli hikoyalar, android o'yinlar, apk kitoblar eng qiziqarli va foydali o'yinlar psixologik testlar o'ynash, va skachat qilish ko'chirish uchun bizning saytga tashrif buyuring
Другие материалы по теме:
|
|