Bekajon” gazetasida xonanda Lola Yo`ldosheva bilan intervyu chop etildi. Intervyuda xonanda turmush o`rtog`ining uylanishi haqidagi savollarga javob berdi.
“Biz anchadan buyon birga yashamaymiz, har birimizning o`z hayotimiz bor. Unga yaxshi munosabatdaman, farzandlarimning mehribon otasi. Doimo yaxshi turmush o`rtoq bo`lgan, shu tomonlama uni hurmat qilaman. Eng muhimi, biz ajralishdan so`ng ham bir-birimizga bo`lgan hurmatni saqlab qoldik.
O`rtada farzandlarimiz bor, shu sabab bugungacha gaplashib turamiz. U dam olish kunlarini bolalarimiz bilan birga o`tkazadi. Ya`ni farzandlarimizga tegishli muammolarni birgalikda xal qilamiz. Bilasizmi, er-xotin ajrashayotgan paytda, qiyin daqiqalarda avvalgi mehr-oqibat, bir dasturxondan choy ichgani, bir yostiqqa bosh qo`ygani, bir umrga ularni bog`laydigan farzandlari borligini unutib qo`yishadi. Aslida, ajrim boshiga tushgan ayol bilan erkak, hech bo`lmasa farzandlari oldida samimiy munosabatni saqlab qolishi kerak. Axir, bolalarimiz bizdan andoza oladi. To`yi bo`layotgani, turmush qurayotganiga kelsak(xonandaning sobiq turmush o`rtog`i Shohrux 16 yanvar kuni uylandi)unga faqat baxt tilayman, uning baxtli bo`lishini xohlayman. Nasib bo`lsa, men ham bir kun kelib, o`z qalbim sohibi bilan oila quraman, bundan u ham mamnun bo`ladi, degan fikrdaman”, — dedi