Ziyo-Music.Com
Yakshanba, 18.08.2019, 02:10
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 6515
Статистика

Xozir saytda: 16
Mexmonlar: 16
Foydalanuvchilar 0

09:57

Meva-sabzavotlarni qishga g`amlashning 5 usuli

Joylandi: 28.06.2017 | 09:57

«Qish g`amini yozda e» degan maqolni yoshligimizdan yaxshi bilamiz. Har bir oila bekasi har yili bu qoidaga so`zsiz amal qiladi. Avvallari yoz ne`matlarini qish uchun saqlab qo`yishning faqat quritish (qoqi) va tuzlash usullari qo`llanar edi. Keyinchalik taraqqiyot yangi usullarni olib keldi. Quyida uy sharoitida meva-sabzavotlarni qishga olib qo`yishning keng tarqalgan usullariga ta`rif beramiz.


Konservalash
*.Sabzavotlar, mevalar, rezamevalar, qo`ziqorinlar – xullas, ko`p narsalarni bankalarga solib konservalash mumkin. Qishda tuzlamalar, kompotlar, murabbolar... eh, maza!+Uzoq saqlash muddati (1 yilgacha).+15 darajagacha haroratda ham mahsulotning buzilmay turishi.-Uksus, tuz, shakar foydali mahsulotlar sirasiga kirmaydi. Yosh bolalarga berish tavsiya etilmaydi. Yuqori haroratda ishlov berilganda masalliqlar tarkibidagi vitaminlar va foydali moddalar o`ladi (minerallar va V guruh vitaminlarning 30 foizi, A guruh vitaminlarning 50 foizi, S guruh vitaminlarning 70 foizi yo`qoladi).


Tuzlash
*.Karam, bodring, pomidor kabilarni katta kastryullar va bochkalarda ko`p miqdorda tuz solingan suvda saqlash mumkin.+S vitamini va boshqa ko`plab foydali mikroelementlar saqlanib qoladi.-Tarkibida tuz ko`p bo`lgani uchun bolalarga, homiladorlikning uchinchi uch oyligidagi ayollarga va keksalarga berish mumkin
emas.


Qoqi qilish
*.Mevalar uchun juda ma`qul usul. Qoqilardan qishda mazali kompotlar qaynatish, taomlarga qo`shish mumkin. Quritilgan ko`katlar esa taomning ta`mini boyitadi.+Quritilganda mevalardan 80 foiz namlik ketadi va ular tarkibidagi temir, kaliy kabi foydali moddalarning uzoq muddat saqlanib qolishi uchun zamin hozirlanadi.Turli konservantlar (uksus, tuz, shakar...) dan xoli bo`lgani uchun, yosh bolalarga ham bemalol bersa bo`ladi.-Tayyorlash uzoq vaqtni oladi. Sabzavot va mevalarni yuvish, quritish, bir necha kun ma`lum haroratda ochiq havoda saqlab turish mehnat va e`tibor talab qiladi.
*.


Muzlatish
Bu sabzavot va mevalarni saqlashning eng qulay va tez bo`ladigan usuli. Muzlatilgan mevalar yangi daraxtdan uzilgan holatda saqlanadi.+Manfiy haroratda zararli mikroorganizmlar o`ladi, foydali moddalar esa to`liq saqlanib qoladi.Konservalangan, shakarga botirilgan mevalarga nisbatan muzlatilganlarining ozuqaviy xususiyatlari yuqori, ular shakar, tuz kabi moddalardan xoli, demak, sog`liqqa zarari yo`q.-Faqat shok usulida muzlatilgandagina foydali xususiyatlar saqlanib qoladi, ya`ni muzxona harorati -18 darajadan past bo`lishi kerak. Bir marta eritilgan mevalarni qayta muzlatib bo`lmaydi, shu sababli muzxonaga ularni porsiyalarga bo`laklab alohida paket yo konteynerlarda joylash kerak.


Shakarlash
Bu konservalash va muzlatish orasidagi usul. Mevalar termik ishlovsiz, shunchaki shakarga botirib qo`yiladi.
+
S vitamini ko`p miqdorda saqlanib qoladi. Faqat salqin joyda saqlansa kifoya.
Shakari ko`p bo`lgani uchun allergiya, diabet kabi muammosi borlarga va yosh bolalarga to`g`ri kelmaydi.
-
S vitamini va boshqa ko`plab foydali mikroelementlar saqlanib qoladi.
Tarkibida tuz ko`p bo`lgani uchun bolalarga, homiladorlikning uchinchi uch oyligidagi ayollarga va keksalarga berish mumkin emas.
Tajribali bekalar tavsiyaetadi!
*.Petrushkani tuzlab bo`lmaydi, shunday qilsangiz vaqt o`tishi bilan uning tarkibida zaharli moddalar paydo bo`ladi. Uni quritib, karton qutichalalarda yoki qog`ozga o`ralgan holda saqlash kerak.
*.Tok barglarini shunchaki plastik paketlarga solib muzxonada saqlash mumkin. Ishlatayotganda biroz vaqt muzxonadan tashqariga chiqarib qo`yiladi va qaynoq suvga solinadi. Barglar rangi va barraligini saqlab qoladi.
*.Gulkaramni muzlatishdan avval qaynab turgan tuzli suvga solib olish kerak. Aks holda muzdan eritilganda undan badbo`y hid taraladi. Qaynoq suvdan olib, sovutib, quritib, keyin polietilen paketlarda muzxonada saqlasangiz bo`ladi.
*.Baqlajonni kubik yoki halqa shaklida to`g`rab, xuddi munchoqdek ipga tering-da gaz plitangizning tepasiga yoki balkonga osib qo`ying. Kerak payti keragicha olib, suvda biroz ivitishingiz va qovurib eyishingiz, taomlarga, salatlarga solishingiz mumkin. Xuddi yangi chiqqan baqlajondek bo`ladi.
*.Yalpizni muzlatgandan ko`ra quritgan qulayroq. Quritib maydalab olib qo`ysangiz, kerak payti ishlataverasiz. Rayhon bargi va ko`katlar ham shunday.

SHAHINA tayyorladi.
Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 808 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: gamlashning, qishga, usuli, Meva-sabzavotlarni | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
добро пожаловать,
Логин:
Пароль:
Поиск
Категории раздела
Boy bo'lish uchun / Pulni ko'paytirish [20]
Dunyo yangiliklari [1431]
Sport yangiliklari [1143]
Yurtimiz yangiliklari [872]
Shou bizness yangiliklari [343]
Turfa olam [38]
Qiziqarli faktlar va Ma'lumotlar [593]
Tehnologiyalar [356]
Avtomobil olami [68]
Wapmasterlar uchun [33]
Munajjimlar bashorati [78]
Qo'shiq Matni [146]
Salomatlik sirlari [248]
Foydali Maslaxatlar [1106]
Ayollar Uchun [121]
Erkaklar uchun [44]
Bolalar salomatligi [50]
Keksalar salomatligi [4]
Burjlar olami [2]
Kompyuter Dasrliklari [23]
Yulduzlar biografiyasi [33]
Testlar, Psixologiya [101]
Pazandalik sirlari [198]
Mobil telefon sirlari [61]
8-martga sherlar, tabriklar [3]
21-mart navro'z bayramiga tabrik va sherlar [3]
1-aprel hazillari/ 1-aprel uchun hazil gaplar [3]
Sevgi dunyosi / Sevgi haqida [16]
Dunyo mamlakatlari haqida - osiyo yevropa okeyanlar [12]
Kinolar seriallar haqida ma'lumotlar / voqealar rivoji [143]
Qiziqarli maqolalar va Fikr mulohazalar [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [1]
SOCH TO'KILISHI HAQIDA / СОЧ ТУКИЛИШИ ХАКИДА [24]
Eng yangi super latifalar / Латифалар олами [13]
Календарь
«  Iyun 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей