Logotype
Главная | Регистрация | Вход Payshanba, 02.02.2023, 19:06


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

21:18

Millionlab Android va Linux qurilmalari buzib kirish xavfi ostida ekan


Joylandi: 21.01.2016 | 21:18

Linux va Android tizimlarida ishlaydigan kompyuter, smartfon va boshqa gadjetlar ishlab chiqaruvchilar yo‘l qo‘ygan xatolar tufayli buzib kirish xavfi ostida ekan, deb yozadi RT.com.

Isroilning Perception Point kompaniyasi aniqlagan CVE-2016-0728 xato Linux dasturchilariga noma’lum edi. Antivirus dasturiy ta’minotini ishlab chiqishga ixtisoslashgan kompaniya vakillari tasdiqlashicha, zaiflik xakerlarga gadjetlarning tizimini buzgan holda kirishga chegaralanmagan huquqni beradi.

Bu xato Linuxning 3.8 versiyasi, shuningdek Androidning KitKatdan tortib takomillashgan versiyasigacha foydalanadigan barcha tizimlarda mavjud bo‘lib, bu Androiddagi 70 foiz gadjetlarga ta’sir qiladi.

Ushbu kamchilik dasturchilar tomonidan shu haftada tuzatilishi kutilmoqda, biroq bunga bir oydan ko'proq vaqt kerak bo‘lishi ham mumkin. Chunki dastlab Androiddagi millionlab gadjetlar o‘z versiyasini operatsion tizimda yangilashi kerak. Perception Point xodimlari ma’lum qilishicha, shu paytgacha hech kim bu zaiflikdan foydalanib, buzib kirishga harakat qilmagan, lekin bunday ehtimoli saqlanib turibdi.
Категория: Tehnologiyalar | Просмотров: 1315 | Добавил: ZIYO_MUSIC | Теги: foydali maslaharlar qiziqarli yangi, android yangiliklari | Рейтинг: 5.0/19

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт