Logotype
Главная | Регистрация | Вход Seshanba, 26.05.2020, 17:05


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

18:01

Namoz o‘qimoqchimisiz, pul to‘lang... (video)


Joylandi: 13.04.2018 | 18:01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 7 fevral kuni imzolagan «Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorda «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» shiori ostida mamlakat bo‘ylab ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mahalliy sayyohlarni sayohat qilishga rag‘batlantirilmoqda.

Biroq islohotlarning barchasi inson omili uchun bo‘layotgani, pirovard maqsadda kishilarga qulaylik yaratish va samarali dam olishni tashkillashtirish ekani yoddan ko‘tarilmoqda. Bir misol ko‘rinishida ushbu vaziyatga nazar tashlasak: ulug‘ muhaddis Imom al-Buxoriy ziyoratgohiga tashrif buyurgan har qanday sayyoh xursand bo‘lmasligi mumkin.

Birinchidan, shu paytgacha mahalliy aholi uchun kirish bepul bo‘lgan majmua eshigidan endi pul to‘lamasdan o‘tib bo‘lmaydi. Tushum bo‘lishi xo‘jalik ishlarini yuritish va majmuada xizmat qilayotgan xodimlarning maoshiga sarflanishini barchamiz yaxshi anglaymiz. Shunga qaramasdan, eshik oldiga kassa o‘rnatib, “soqqa” sanab o‘tirganlar masalaning bir jihati bilan hisoblashmagan. Ziyoratgohga kirishda masjid ham mavjud. Yo‘l ustida joylashgan Imom al-Buxoriy ziyoratgohi yo‘lovchi musofirlar uchun toat-ibodat qilib o‘tishga ham qulay. E’tibor qilsangiz, masjidga kirish ham o‘z ma’nosida pulli bo‘lib qoldi. Namoz o‘qish uchun to‘xtagan kishi ham pul to‘lab kirishi shart.

Ikkinchidan, kassada pul to‘lash mexanizmi aniq tartibga solinmagan. Duch kelgan sayyoh pul to‘laydi, uddaburoni esa bepul kiraveradi. Aynan pul masalasida ikki og‘iz so‘zni ta’kidlash joizki, fiskal xotirali kassa apparati, terminal qo‘yilgani o‘z yo‘liga, kassadagi mablag‘larni saqlash, naqd pul tushumini inkassatsiya qilish kabi jihatlarga e’tibor qilish kerak.

Umuman olib qaraganda, ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha rag‘batlantirish mexanizmini tayyorlash, ularni amaliyotga joriy etish muhim ustuvor vazifa sanaladi. Shunga hamohang ravishda azaliy qadriyat, milliy urf-odatlar hamda ijtimoiy omillar ham hisobga olinishi shart, deb o‘ylayman.
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 563 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Namoz, Pul, o‘qimoqchimisiz, (Video), to‘lang... | Рейтинг: 5.0/3

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт