Logotype
Главная | Регистрация | Вход Yakshanba, 19.01.2020, 06:15


Меню сайта
Наш опрос
Кино и Сериалы
Топ Саундтреки за месяц
Статистика
Мой друзя

20:56

Nega afrikalik bolalarning qorni katta?


Joylandi: 12.12.2019 | 20:56

Har safar Afrika aholisi haqida ilmiy-hujjatli filmlarni tomosha qilganda bir jihat eʼtiborimizni tortadi: bolalari ozgʻin, lekin qorni katta. “Rambler” bunday patologiya sababini aniqlashga harakat qildi.

Yuz oʻgirilganlar
Afrika hududida istiqomat qiluvchi bolalar duchor boʻladigan kasallik kvashiorkor deb ataladi. U tarjimada “yuz oʻgirilgan” degan maʼnoni anglatadi. Kvashiorkor distrofiya turi boʻlib, u bola tanasida oqsil yetishmasligi tufayli rivojlanadi. Bu xastalikka faqat 1 yoshdan 4 yoshgacha boʻlgan bolalar duchor boʻladi. Agar goʻdak bu yoshda mazkur patologiyaga duch kelsa, kelgusida oshqozon-ichak yoʻli tizimi bilan bogʻliq muammolar rivojlanishi mumkin.

Mazkur holatning sababi shundaki, afrikalik qabilalar taomnomasi oqsil emas, asosan kletchatka va uglevodlardan iborat. Ularning koʻpchiligi “balanslangan ovqatlanish” tushunchasi bilan tanish emas. Baʼzilari hatto taomnomani oqilona tuzib chiqish toʻgʻrisida oʻylab ham koʻrishmagan. Oziq-ovqat yetishmasligi mazkur vaziyatni battar chuqurlashtiradi. Afrika xalqlarida goʻdakni erta yoshda ona sutidan ayirish odati bor. Shu bois ular juda tez uglevodli oziqlanishga oʻtishadi, kartoshka va turli ildizlarni isteʼmol qilishadi.

Nega aynan oqsil?
Gap shundaki, oqsil tanada suyuqlikning toʻgʻri taqsimlanishiga yordam beradi, uni ichaklardan limfaga, keyin esa qonga yoʻnaltiradi. Agar bizga oqsil yetishmasa, tanada suyuqlik turib qoladi va notekis taqsimlanadi. Buning oqibatida qorin va oyoq-qoʻllar shishadi. Shuningdek, oqsil toʻqimalarda osmotik bosimni taʼminlaydi va ularning suv bilan toʻlishini nazorat qiladi.

Suyuqlik toʻplanishi anoreksiya, teri yarasi va jigar shishiga olib keladi. Shifokorlarning taʼkidlashicha, mazkur kasallikni davolash uchun shunchaki taomnomaga oqsilli mahsulotlarni kiritish kifoya. Xavfli guruhga tushib qolmayin desangiz, meʼyoriy oziq-ovqat 10 foiz yogʻ va kamida 12 foiz oqsildan iborat boʻlishi lozim.

Uzoq vaqt yetarlicha oqsil isteʼmol qilmaslik jismoniy va aqliy rivojlanishdan orqada qolishga sabab boʻlishi mumkin.

Ovqat yetishmasligi
Zamonaviy Afrika jamiyati sifatli ozuqa qidirish bilan bogʻliq jiddiy muammolarga roʻparo kelishda davom etmoqda. Boz ustiga, uni topishdan tashqari, butun qabilaga yetishini ham oʻylash lozim. Oʻziga xos iqlim shart-sharoiti tufayli hamma afrikaliklar ham kunda sarxil meva-sabzavotlar va oqsilli taomlar tanovul qilish imkoniyatiga ega emas. Afrika va Osiyoda faqat ona suti bilan boqish darajasi Shimoliy Amerikaga qaraganda 1,5 baravar koʻp: aytigi 26 foiz bolalar olti oylikkacha faqat ona suti bilan oziqlanishadi.
Просмотров: 95 | Добавил: BEST_ADMIN | Рейтинг: 5.0/1

O'xshash yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск сайта
Категории раздела
Календарь
Архив записей
Новости сайта
Популярные песни за месяц
Вход на сайт